Falastinning HAMAS harakati bilan urush tufayli Isroil universitetlarida o‘qish 24 dekabrdan erta boshlanmaydi. Bu haqda “Yediot Ahronot” gazetasi xabar berdi.
Talabalar semestrning boshlanishidan ikki hafta oldin ogohlantiriladi. Universitet xodimlari va talabalarning o‘zlari yoki ularning turmush o‘rtoqlari harbiy zaxirada bo‘lgani, ba’zilari esa mojaro hududida istiqomat qilayotgani va o‘z uyini tark etishga majburligi sababli o‘quv yili qoldirilmoqda.
Shuningdek, talabalar orasida qurolli to‘qnashuvda yaqinlarini yo‘qotganlar, yaqinlari yarador bo‘lgan yoki HAMAS tomonidan asirga olinganlar ham bor.
Nashrning qayd etishicha, o‘quv yili boshlanishining bu surilishi 7-oktyabrda qurolli mojaro boshlanganidan beri uchinchi marta ro‘y bermoqda.
24-dekabrda o'qish Tel-Aviv, Bar-Ilan, Ben-Gurion, Technion, shuningdek, Xayfa va Ariel universitetlarida boshlanishi kerak.
Agar urush bo‘lmaganida Isroil universitetlarida kuzgi semestr 15-oktyabrda boshlanishi kerak edi.
Izoh (0)