O‘zbekistonda birinchi bo‘lib xususiy mikro GESni ishga tushirilgan Andijon viloyatida million dollarlik GES qurilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
![](/static/2023/Risolat/ges.jpg)
Qayd etilishicha, Ulug‘nor tumanida yana bir GES qurilishi boshlandi. Ushbu loyiha qiymati 1 million dollarni tashkil etib, 500 dan ziyod xonadonlarni uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlashga mo‘ljallangan.
Mazkur loyihalar prezidentning “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Izoh (0)