• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Tog‘li Qorabog‘ Respublikasining 30 yillik “umri” poyoniga yetdi. Nima sababdan armanlar va ozarlar bu hudud uchun urishgan?

    Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi prezidenti Samvel Shahramanyan 2024-yil 1-yanvardan respublikaning tugatilishi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Shu tariqa, qariyb 30 yil davom etgan, minglab insonlarning hayotiga zomin bo‘lgan Ozarbayjon—Armaniston o‘rtasidagi mojaroga barham berildi. Biroq bu hudud borasidagi bahslar o‘tgan asrning boshlarida, aniqrog‘i, Tog‘li Qorabog‘ Ozarbayjon tarkibiga birinchi marta o‘tganida boshlangan. “Lenta.ru” nashri ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi uzoq tarixga ega qarama-qarshilikka eʼtibor qaratdi.

    Foto: Ruben Mangasaryan / “RIA Novosti”

    Gazak oladigan mina

    Qorabog‘ xonligi Rus-Fors urushi (1804–1813-yillar) natijasida XIX asrdan boshlab Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgan va Qorabog‘ provensiyasiga aylantirilgan. 1840-yildan boshlab hudud Kasbiy viloyatining Shusha uyezdiga, 1846-yildan Shemaxon viloyati (1859-yil Bokuga o‘zgartirilgan), 1868-yildan esa Yelizavetpol guberniyasi tarkibiga kirgan. Rossiya imperiyasidagi fuqarolar urushi (1917–1922) yillarida Qorabog‘ o‘z mustaqil davlatini tashkil etgan, Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi qarama-qarshilik maydoniga aylandi.

    Kavkazortida sovet hukumatining nazorati o‘rnatilishi bilan mojaro bir muddat to‘xtagandek taassurot qoldirdi. Bundan tashqari, bolsheviklar Qorabog‘ga egalik masalasini ham hal etishi kerak edi. 1921-yil 4-iyulda Rossiya Kommunistik partiyasi (bolsheviklar) Markaziy qo‘mitasining Kavkaz byurosi yig‘ilishida hududni Armanistonga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Biroq ertasi kuniyoq Kavkaz byurosi “musulmonlar va armanlar o‘rtasida milliy tinchlik zaruratidan kelib chiqqan holda” masalani Ozarbayjon foydasiga qayta ko‘rib chiqadi.

    Ozarbayjon SSR. Tog‘li Qorabog‘ning keksa fuqarosi Mejid Agayev va uning rafiqasi Kinanaz qishloqdoshi Muxtor Hasanov bilan nard o‘ynamoqda. 1978-yil 28-avgust
    Foto: Nuraliyev F. Mixail Chianurov / “ТАSS”

    1921-yildan boshlab Qorabog‘ maʼmuriy-hududiy birlik sifatida Ozarbayjon Sovet Sotsialistik Respublikasi tarkibiga o‘tgan. Shuningdek, mintaqaga keng avtonomiya huquqlari ham berilgan. Rasman 1923-yilda Ozarbayjon SSR tarkibidagi avtonom viloyat nomini olgan.

    O‘sha paytdagi Markaziy qo‘mitaning Ozarbayjon bo‘yicha birinchi sekretari Sergey Kitov Qorabog‘ masalasi bo‘yicha boshqa muammo bo‘lmasligini taʼkidlab, shunday degan edi:

    “Qorabog‘ masalasining ijobiy hal bo‘lgani bizning katta yutug‘imizdir. O‘ylaymanki, bu masalaga yana to‘xtalishimizga hojat qolmaydi”.

    Sovet Ittifoqi paytida Ozarbayjon hukumati Tog‘li Qorabog‘da arman separatizmiga qarshi faol kurash olib bordi. Ayniqsa, bu aholini Qorabog‘ muxtoriyatiga ko‘chirish siyosatida yaqqol o‘z aksini topdi. Armanlar Ozarbayjon hukumatini “kamsitishda, ko‘chirishning maqsadli siyosati”da va hatto etnik tozalashni boshlaganlikda aybladi. Boku armanlarni Qorabog‘dan butunlay siqib chiqarish niyatida ekanligini yashirmadi.

    Sovet hukumati hukmronligi davrida mintaqada ozarlar armanlarga qaraganda aholi son bo‘yicha ko‘proq o‘sishga erishdi. 1979-yildagi aholini ro‘yxatga olish shuni ko‘rsatadiki, yarim asr davomida Qorabog‘dagi ozarlar soni qariyb besh barobarga o‘sgan. Mintaqadagi umumiy aholi ulushi 5 foizdan 24 foizga oshgan.

    Urushning boshlanishi

    1987–1988-yillarda Qorabog‘ vakillari bir necha bor Sovet rahbariyatidan Ozarbayjon SSR tarkibidan Armaniston SSRga o‘tish iltimosi bilan murojaat qiladi, lekin ijobiy javob ololmaydi. Bunga sabab bir respublika tarkibidan boshqa respublika tarkibiga o‘tish ko‘plab boshqa nizolarni keltirib chiqarishi mumkin edi. Shuning uchun Moskva taklifni rad etadi.

    Biroq o‘sha paytlarda SSSR parchalana boshlagan edi. Hamma o‘z ichki ishi bilan band edi. Hech kim mintaqadagi nazoratni qo‘lga olmadi. Tog‘li Qorabog‘ avtonom viloyatida esa Armaniston bilan birlashish uchun kuchli ijtimoiy harakat shakllana boshlandi. 1988-yilning 22-fevralida Qorabog‘ning Askeran qishlog‘i yaqinida mahalliy aholi va ozarbayjonlik politsiyachilar o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergan edi.

    Tog‘li Qorabog‘  Respublikasining poytaxti Stepanakert shahri va uning atrofi. 1988-yil, 20-aprel
    Foto: R. Mangasaryan / “RIA Novosti”

    1988-yili ikki millat o‘rtasida bir necha bor qurolli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tadi. Shu voqealar taʼsirida Ozarbayjonda armanlarni, Armanistonda ozarlarni taʼqib qilish boshlanadi. Qorabog‘da armanlar va ozarlar o‘rtasida to‘laqonli partizan urushi avj oldi. Vaziyat Sovet hukumatini Tog‘li Qorabog‘ avtonom viloyatida favqulodda holat eʼlon qilishga va u yerga qo‘shin kiritishga majbur qildi. Lekin o‘zi shundoq ham parchalanish arafasida turgan markaziy hokimiyatning muammoni bartaraf etishga kuchi yetmagan.

    Sovet hukumatining muvaffaqiyatsizligidan keyin Qorabog‘ armanlari vaziyatni o‘z qo‘llariga olishga harakat qildi va 1991-yil 2-sentyabr kuni mustaqil Tog‘li Qorabog‘ Respublikasining tashkil topgani eʼlon qilindi. Shundan so‘ng urush boshlanishi muqarrar bo‘lib qoldi. Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi armiyasi Ozarbayjonning bir necha anklavlaridan tashqari, Qorabog‘ hududini o‘z nazoratiga oldi. 1992-yilning fevralidan urushning dahshatli qirg‘inlari boshlandi. Ozarbayjonning Xojali shahri Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi armiyasi tomonidan tajovuzga uchradi. Hujum natijasida yuzlab tinch aholi halok bo‘ldi. Tirik qolganlarning so‘zlariga ko‘ra, ular shaharni tark etishga uringanida artilleriya va snayperlardan o‘qqa tutilgan.

    Tog‘li Qorabog‘ning Spitakesh qishlog‘ida Ozarbayjon qo‘riqchilari armanlarni asirga oldi, 1989-yil, 6-iyun
    Foto: Sergey Titov / “RIA Novosti”

    Bunga javoban Ozarbayjon armiyasi Xonkendi shahrini egallashga urindi, lekin harakatlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 18-mayga kelib, urush qo‘shni hududlarga ham tarqaldi. Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi qo‘shinlari Lochin shahrini egallashga muvaffaq bo‘ladi. Bu hudud Qorabog‘ni to‘g‘ridan to‘g‘ri Armaniston bilan bog‘laydigan yo‘lak hisoblanadi.

    Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi qo‘shinlari 1993-yilda Kelbajar va Agdamni ham egallaydi. Asta-sekinlik bilan urush Ozarbayjon hududiga ham ko‘chadi. Faqatgina 1994-yil may oyiga kelib, “Bishkek protokoli” imzolanadi.

    “Bishkek protokoli” — o‘t ochishni to‘xtashish kelishuvi bo‘lib, u Rossiya, AQSH, Fransiya vositachiligida Ozarbayjon, Armaniston va tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi o‘rtasida imzolangan. Protokolga ko‘ra, Armanistonga tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasining xavfsizligini taʼminlash va unga harbiy yordam ko‘rsatish majburiyati yuklatilgan.

    Urush dahshatli talafotlarga olib kelgan. Qorabog‘ va uning atrofidagi tumanlardan bir millionga yaqin ozarbayjonlik qochqinga aylangan. Yarim millionga yaqin arman Qorabog‘ va Ozarbayjonni tark etishga majbur bo‘lgan. Minglab uylar, qator shahar va qishloqlar vayron bo‘lgan. Urushdan so‘ng Qorabog‘ mustaqilligini hech qaysi davlat, hatto Armaniston ham tan olmagan.

    Vaqtinchalik “tinchlik”

    Keyingi yillarda tomonlar vaqti-vaqti bilan ushbu hududda otishmalar olib borgan. Biroq keng ko‘lamli harbiy harakatlardan o‘zlarini tiyishgan. Ozarbayjon armiyasini qayta shakllantirib, xalqaro hamjamiyatdan yordam so‘raydi. BMTning mamlakat hududiy yaxlitligini tiklashni talab qiluvchi rezolyutsiyasiga tayanib, Isroil va Turkiya bilan ham ittifoq tuzadi. Faqatgina 2010-yilning o‘rtalariga kelib Ozarbayjon rahbariyati kuchlarini sinashni boshladi.

    Qorabog‘dagi vaziyatning keyingi keskinlashuvi 2014-yilda sodir bo‘lgan, oradan ikki yil o‘tib, mintaqada yana qurol-yarog‘lar gapira boshlaydi. 2016-yilning aprel oyida har ikki tomondan 30 dan ortiq inson halok bo‘lgan, o‘nlab kishilar yaralangan edi. Ozarbayjon ilk bor jangovar uchuvchisiz samolyotlardan foydalana boshlagan. To‘qnashuvlar to‘rt kun davom etgan va tarixga “Aprel urushi” nomi bilan kirdi. Tomonlar Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamda Rossiya aralashuvidan so‘ng o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi.

    Tog‘li Qorabog‘ Respublikasining poytaxti Stepanakert shahri. 2015-yil, 7-oktyabr
    Foto: Ilya Pitalev / “RIA Novosti”

    2018-yilda “baxmal inqilobi” natijasida Armaniston hukumati tepasiga Nikol Pashinyan keldi. Armanistonning ikkinchi va uchinchi prezidentlari Robert Kocharyan va Serj Sargsyan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi mustaqilligi uchun urushda faol kurashishgan. Qorabog‘dagi mojaro orqali o‘z siyosiy mavqelarini oshirib olgan. Ulardan farqli o‘laroq, Pashinyanning hokimiyat tepasiga kelishi bilan vaziyatning yumshashi kutilgan edi. Biroq tinchlik o‘rniga Qorabog‘ga yana urush qaytdi.

    Yana urush

    2020-yil 27-sentyabr tongida Ozarbayjon “Temir musht” operatsiyasini boshladi. Janglar asosan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasining shimoliy va janubiy qismlarida bo‘lib o‘tdi. Oktyabr oxirlariga kelib, Ozarbayjon qo‘shinlari Jabrail shahri va Hadrut shaharchasi ustidan nazoratni qo‘lga oldi. Shundan so‘ng Armaniston o‘z frontini ishga soldi. Ozarbayjon armiyasi Fizuli, Zangelon, Gubadli va Shusha shaharlari ustidan nazoratni ushlab turdi. Boku harbiy tuzilmalari Turkiya tomonidan harbiy texnikalar bilan qo‘llab-quvvatlandi. Ozarbayjonga Anqara tomonidan taqdim etilgan uchuvchisiz samolyotlarning hissasi katta bo‘ldi.

    Stepanakert shahri turar-joylaridagi portlash oqibatlari. 5-oktyabr, 2020-yil
    Foto: Areg Balayan / ArmGov / PAN Foto / Reuters

    Mojaro 10-noyabr kuni sulh bitimi imzolanishi bilan yakunlandi. Sulh Armaniston, Ozarbayjon, Rossiya o‘rtasida imzolandi. Yangi uch tomonlama bitimga ko‘ra, Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘ning yetti viloyati ustidan nazoratni qayta tikladi. Jumladan, mintaqa ramzlaridan bo‘lgan Shusha va Hadrud ham shular qatorida edi. Natijada tan olinmagan respublikaning 70 foizi Ozarbayjon tasarrufiga o‘tdi va mintaqaga ozarlarni ko‘chirish boshlandi. Mahalliy armanlar yoppasiga hududdan chiqib ketishdi. To‘qnashuvlarda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan 44 kunlik bu urushda 3773 kishi halok bo‘lgani, 243 nafar odam bedarak yo‘qolganini maʼlum qildi.

    Keyinchalik 2022-yil 19-yanvarda respublika tergov qo‘mitasi halok bo‘lganlar soni 3809 nafar ekanligini aytdi.

    Ozarbayjon prezidenti Qorabog‘dagi 44 kunlik urushda 3000 ga yaqin ozarbayjonlik askari halok bo‘lganini taʼkidladi.

    Tan olinmagan Qorabog‘ Respublikasining tugatilishi

    2020-yil tuzilgan shartnomada Armaniston Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi viloyatlarining ko‘p qismini Ozarbayjon nazoratiga o‘tkazishi, Tog‘li Qorabog‘ni demilitarizatsiya qilish va u yerdan o‘z harbiy qismlarini olib chiqib ketishi nazarda tutilgan edi. Mintaqada faqat Rossiya tinchlikparvar qo‘shinlari qolishi nazarda tutilgan edi. Ammo, Ozarbayjon tomonining so‘zlariga ko‘ra, bu kelishuvlar amalga oshmadi, shuning uchun chegarada doimiy to‘qnashuvlar va provokatsiyalar bugungi kungacha davom etayotgan edi.

    Shu bilan birga, mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha urinishlar ham bo‘ldi. 2022-yilning 6-oktyabr kuni Praga shahrida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Ozarbayjon va Armaniston tomonlari 1991-yilgi kelishuvlar doirasida bir-birlarining chegaralarini tan olish to‘g‘risidagi bayonotni imzoladi.

    Tog‘li Qorabog‘ni tark etayotgan armanlar 2023-yil, 26-sentabr.
    Foto: Irakli Gedenidze / Reuters

    Keyinroq Moskvada bo‘lib o‘tgan Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida mamlakatlar yana bir-birining hududiy yaxlitligini tan olishini eʼlon qildi. Ammo, Pashinyan bu faqat Tog‘li Qorabog‘dagi arman aholisi xavfsizligi kafolatlangan taqdirdagina bo‘lishi mumkinligini taʼkidladi. Boku esa mintaqaning kelajakdagi taqdirini Qorabog‘ armanlaridan boshqa hech kim bilan muhokama qilmasligini aytdi.

    “Biz hech qaysi davlat bilan o‘z ichki ishlarimizni muhokama qilmasligimizni bir necha bor taʼkidlaganmiz. Qorabog‘ – bizning ichki ishimiz”, – degandi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev.

    2022-yil 12-dekabrdan boshlab Tog‘li Qorabog‘ning Armaniston qismida transport-energetika blokadasi boshlanishi munosabati bilan mintaqadagi vaziyat yanada murakkablashdi. Bularning barchasi “tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish”ga qarshi chiqish va ehtimol, Ozarbayjon hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlangan ekologiya faollarining harakati niqobi ostida boshlandi. Ular Shusha shahri yaqinidagi Stepanakert-Goris avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘yishdi va shu orqali respublikani Armaniston bilan bog‘lovchi yagona yo‘l yopildi. 2020-yil uch tomonlama kelishuvda erkin harakatlanish kafolatlangan Lochin koridori ham to‘sib qo‘yildi.

    Yerevan yo‘lning yopilishini blokada sifatida qabul qildi va de-fakto shunday ham bo‘ldi. Tog‘li Qorabog‘ oziq-ovqat, energiya resurslari va zaruriy oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazish yo‘llaridan uzilib qoldi. Respublikaning Ozarbayjon tomonidan nazorat qilinmagan hududlarida inqirozli vaziyat yuzaga keldi.

    Qulay fursatni kutgan Ozarbayjon Qorabog‘ masalasini nihoyat kuch bilan hal qilishga qaror qildi. Deyarli bir kundan kamroq vaqt ichida mahalliy arman kuchlarining qarshiligi sindirildi. Armanistonning o‘zi bo‘lsa, urush qilishga tayyor emas edi. Nikol Pashinyan armiyani jangovar harakatga jalb qilmaslikka qaror qildi. Hozirda Qorabog‘ armanlarining kelajagi to‘g‘risida sobiq Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi va Boku o‘rtasida muzokaralar olib borilmoqda. Biroq mintaqa aholisining aksariyati natijani kutmasdan, Armanistonga ketishni afzal ko‘rdi.

    “Butun dunyo hamjamiyati Qorabog‘ni Ozarbayjonning hududi deb biladi. Hech kim Ozarbayjonni qoralamadi. Bu shafqatsiz dunyoning qonunidir. Bizda Qorabog‘ Ozarbayjon tarkibiga kirishiga rozi bo‘lishdan boshqa chora qolmadi. Endi hech narsa bizga bog‘liq emas, hammasi tugadi”, – degandi Levon Ter-Petrosyan Armanistonning birinchi prezidenti.

    Qorabog‘dagi zamonaviy arman davlatchiligi harakatlarini g‘alabalar bilan bog‘lagan edi. Lekin oxir-oqibat hammasi boshqacha yakunlandi. Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi tugatildi, lekin ikki davlat o‘rtasidagi ziddiyatlar hali uzoq yillar davom etsa kerak.

    12.11.2023, 23:46   Izoh (0)   22332
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Armaniston Ozarbayjon nazoratiga o‘tgan Tog‘li Qorabog‘ hududlari aholisiga 600 dollardan moliyaviy yordam beradi

    23.11.2020, 07:36

    Qorabog‘ armanlarini “reintegratsiya” qilish rejasi: Ozarbayjon nimalarni kafolatlamoqda?

    03.10.2023, 11:06

    Qorabog‘da qolgan armanlar soni ma’lum qilindi

    03.10.2023, 21:25

    Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi sobiq prezidentlari hibsga olindi

    03.10.2023, 22:25

    BMT sudi Armanistonning Ozarbayjonga qarshi da’vosi bo‘yicha sud majlisini o‘tkazadi

    07.10.2023, 18:36

    Blinken Kongressni Ozarbayjonning Armanistonga hujumi xavfidan ogohlantirdi — Politico

    14.10.2023, 09:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.