Samarqand shahrida 26-30-dekabr kunlari Rapid va blits bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
Besh kun davom etadigan ushbu turnirda tezkor va blits bo‘yicha jahon chempioni nomiga da’vogarlik qiluvchi jahonning eng kuchli shaxmatchilari to‘planadi.
“FIDE O‘zbekistonning shaxmat bo‘yicha boy an’analari va uning yaqinda shaxmat bo‘yicha yuqori marralarga erishayotganini e’tirof etadi. Shaxmatga bo‘lgan ana shunday fidoyilik va sarmoya bizni ushbu nufuzli musobaqa mezbonligini O‘zbekistonga ishonib topshirishimizga sabab bo‘ldi”, — deydi FIDE prezidenti Arkadiy Dvorkovich.
“O‘zbekiston 2026-yilgi shaxmat Olimpiadasiga ham mezbonlik qiladi”,— deya qo‘shimcha qildi Dvorkovich.
Batafsil maʼlumotlar, jumladan, ro‘yxatdan o‘tish, mehmonxonalar va vizalar haqidagi maʼlumotlar 15-noyabrgacha eʼlon qilinadi.
Izoh (0)