Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 4-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 7-noyabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Barselona” safarda “Shaxtyor” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 40-daqiqasida Danilo Sikan hisobni ochdi. Ushbu gol o‘yin yakuniga qadar yagonaligicha qoldi va ukrainlarga g‘alaba keltirdi.
“Borussiya D” o‘zida “Nyukasl”ni qabul qildi. Uchrashuvning 26-daqiqasida Niklas Fyullkrug hisobni ochdi. 79-daqiqada Yulian Brandt dortmundliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va “Borussiya D” 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
YCHL
4-tur
7-noyabr, seshanba
“Shaxtyor” – “Barselona” 1:0
Gol: 1:0 – 40 Sikan.
“Shaxtyor”: Riznik, Gocholeyshvili, Rakiskiy, Bondar, Matvienko, Zubkov, Stepanenko (Nazarina, 73), Kriskiv, Sudakov, Sikan (Kelsi, 62), Neverton.
“Barselona”: ter Stegen, Joau Kanselu, Kristensen, Arauxo, Alonso (Balde, 60), Gundo‘g‘an, Romeu (Pedri, 59), Gavi (Lopes, 81), Rafinya (Yamal, 59), Ferran Torres (Joau Feliks, 59), Levandovski.
Ogohlantirish: Arauxo (45).
“Borussiya D” – “Nyukasl” 2:0
Gollar: 1:0 – 26 Fyullkrug, 2:0 – 79 Brandt.
“Borussiya D”: Kobel, Zyule, Hummels, Shlotterbek, Ryuerson, Zabitser, Brandt, Ozjan, Nmecha, Adeyemi (Roys, 81), Fyullkrug (Mukoko, 87).
“Nyukasl”: Poup, Trippyer, Sher, Lassels, Xoll (Almiron, 46), Bruno Gimaraes, Longstaff, Uillok (Mayli, 81), Livramento, Joelinton, Uilson (Gordon, 46).
Ogohlantirish: Xoll (9).
Izoh (0)