Shuhrat Ahmedov xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Qo‘shko‘pir tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar u Tuproqqalʼa tumani hokimi lavozimida faoliyat olib borgan.
2023-yilning aprel oyidan beri Bobur Egamov Qo‘shko‘pir tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shuningdek, Oybek Xolboyev xalq deputatlari Shovot tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Shovot tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Tayinlovga qadar u Urganch shahri hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
2022-yilning martidan beri Xorazm viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Odilbek Ortiqov Shovot tumani hokimi sifatida ishlab kelayotgandi.
Akmal Jimalyazov esa xalq deputatlari Tuproqqalʼa tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Tuproqqalʼa tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Tayinlovga qadar u Xorazm viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Avvalroq qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Sayxunobod tumani hokimi etib tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, vazir o‘rinbosari Nishon tumaniga, Nishon hokimi esa Muborak tumaniga hokim bo‘ldi, Dehqonobod hokimi Zoir Aliqulov Qarshi tumani hokimi sifatida ish boshladi.
Izoh (0)