Anvar Karimov Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 31-oktyabr kuni Xalq deputatlari Sayxunobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Viloyat hokimi Akmal Mahmudaliyev qatnashgan sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rilgan.
Farrux O‘ktamjonov boshqa ishga o‘tayotgani sababli o‘z lavozimidan ozod etilgan. Uning o‘rniga Anvar Karimov nomzodi tuman hokimi lavozimiga tasdiqlangan.
Anvar Karimov shu kunga qadar qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Avvalroq vazir o‘rinbosari Nishon tumaniga, Nishon hokimi esa Muborak tumaniga hokim bo‘lgani, Dehqonobod hokimi Zoir Aliqulov Qarshi tumani hokimi sifatida ish boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)