Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani hokimi Zoir Aliqulov viloyatning Qarshi tumani rahbari sifatida ish boshladi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
![](/static/2023/12/photo_2023-10-26_17-07-02.jpg)
Ahror Sodiqovga ko‘ra, tumanning sobiq hokimi Behzod Yusupov o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan olingan.
![](/static/2023/12/photo_2023-10-26_17-07-04.jpg)
Tumanga 2016-yildan beri Dehqonobod tumani hokimi sifatida faoliyat yuritib kelgan Zoir Aliqulov hokim etib tayinlangan.
![](/static/2023/12/photo_2023-10-26_17-07-04 (2).jpg)
Zoir Aliqulov 1979-yilda Qarshi shahrida tug‘ilgan. Ichki ishlar akademiyasi, akademiyaning magistratura va oliy akademik kurslarini tamomlagan. Shuningdek, prezident farmoni bilan Zoir Aliqulovga “Sodiq xizmatlari uchun” medali topshirilgan.
![](/static/2023/12/photo_2023-10-26_17-07-03.jpg)
Xalq deputatlari Qarshi tumani kengashi sessiyasida deputatlar Aliqulov Zoir Xalilovichni Qarshi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlagan.
Izoh (0)