Afg‘onistonning Mozori Sharif shahrida qamoqxonadan chiqqan qiz o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.
Marhuma “Tolibon” taqiqlariga norozilik bildirgan qizlardan biri edi. U “Tolibon” razvedka boshqarmasi tomonidan qo‘lga olingandi. Qiz uch kun qamoqda saqlangan. U “Tolibon” tomonidan ayollarga nisbatan qo‘yilgan cheklovlarga norozilik bildirgan ayollar harakati a’zosi bo‘lgan.
Qiz 26 yoshda bo‘lib, Balx universitetining pedagogika fakultetida tahsil olgan. U “Tolibon” razvedka xodimlari tomonidan qiynoqqa solingan, alomatlari esa tanasida ko‘rinib turgan. Manbaga ko‘ra, qiz “Tolibon” qamoqxonasidan chiqqanidan so‘ng o‘zini osgan.
Izoh (0)