Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 11-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Liverpul” o‘z maydonida “Lyuton”ni qabul qildi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limda darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limda mersisaydliklar ustunlik qilgan bo‘lsa-da, “Lyuton” hisobni ochdi. 80-daqiqada Tait Chong o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. 90+5-daqiqada Luis Dias hisobni tenglashtirdi va jamoasining durang qayd etishiga yordam berdi.
Yurgen Klopp shogirdlari ushbu durangdan so‘ng ochkolari sonini 24 taga yetkazib, 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
APL
11-tur
5-noyabr, yakshanba
“Lyuton” — “Liverpul” 1:1
Gollar: 1:0 – 80 Chong, 1:1 – 90 Dias.
“Lyuton”: Kaminski, Kabore, Loker, Osho, Menji, Dauti, Taunsend (Chong, 61), Barkli, Nakamba, Ogbene (Braun, 79), Morris (Adebayo, 75).
“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Konate, Gomes (Simikas, 67), Soboslai (Elliott, 66), Mak Allister, Gravenberx (Dias, 83), Saloh, Diogu Jota (Gakpo, 66), Nunyes.
Ogohlantirishlar: Nakamba (44), Mak Allister (54).
Izoh (0)