Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 12-turida “Barselona” 4-noyabr, shanba kuni “Real Sosyedad”ga qarshi bahs olib bordi.
Har ikkala jamoa maydonda qancha harakat qilmasin, uchrashuvning 90 daqiqasida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Biroq hakam qo‘shib bergan daqiqalarning so‘nggi soniyasida Ilkay Gundo‘g‘an tomonidan uzatilgan to‘pni Ronald Arauxo boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Biroq, hakam golni o‘yindan tashqari holat deya hisobga olmadi. Vaziyatga VAR aralashdi va gol inobatga olindi.
Shu tariqa kataloniyaliklar 3 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Xavi shogirdlari ochkolari sonini 27 taga yetkazdi va 3-o‘rinni egallab turibdi.
La Liga
12-tur bahsi
4-noyabr, shanba
“Real Sosyedad” – “Barselona” 0:1
Gol: 0:1 – 90+3 Arauxo.
“Real Sosyedad”: Remiro, Traore (Elustondo, 63), Le Norman, Subeldiya, Munyos, Mendes, Merino, Subimendi, Kubo, Oyarsabal (Fernandes, 84), Barrenechea (Cho, 79).
“Barselona”: ter Stegen, Joau Kanselu (Rafinya, 69), Martines, Kunde, Arauxo, Balde, Gundo‘g‘an, Gavi, Lopes (Ferran Torres, 57), Joau Feliks (Yamal, 69), Levandovski (Pedri, 57).
Ogohlantirishlar: Joau Feliks (49), Mendes (49), Martines (60), Subeldiya (74), Subimendi (84), Gavi (86).
Izoh (0)