• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Xorazmdagi jinsiy zo‘ravonlik ishi: pedofillar sud zalidan qamoqqa olindi

    Xorazmda oilaviy bolalar uyi rahbari uch nafar voyaga yetmagan tarbiyalanuvchini 10 oy davomida viloyat adliya boshqarmasi va tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshliqlari bilan jinsiy aloqada bo‘lishga majburlagani holati bo‘yicha jinoyat ishi Toshkent shahar sudida ko‘rib chiqildi.

    Foto: “Daryo”

    Bugun, 3-noyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi appelyatsiya hayʼatida mazkur jinoyat ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Inson huquqlar “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov maʼlum qildi.

    Abdurahmon Tashanovning aytishicha, xorazmlik pedofillar sud zalidan qamoqqa olingan.

    Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi sobiq rahbari Oybek Masharipov 3 yilga va Yangiariq tumani FVV sobiq boshlig‘i Anvar Kuryazov 2 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

    Holat yuzasidan Oliy Sud axborot xizmati ma‘lumot berdi. Unda aytilishicha, Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha apellyatsiya instansiyasining 2023-yil 3-noyabrdagi hukmi bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva tuman sudining 2022-yil 6-sentyabrdagi hukmining A.M. va A Q.ga oid qismi bekor qilingan.

    “Sudlanuvchilar A.M. va A.Q. Jinoyat kodeksining oldingi tahrirdagi 128-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 1-qismi va 128-1-moddasi (o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxsga moddiy qimmatliklar berish yoxud uni mulkiy manfaatdor etish orqali u bilan jinsiy aloqa qilish) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi va Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) tartibida ularning har biriga uzil-kesil 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    Shu tariqa sudlanuvchilarga nisbatan qo‘llanilgan “garov” tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilinib, A.M. va A.Q. sud zalidan qamoqqa olindi”, — deyiladi mahkama axborotida.

    Xorazmda mehribonlik uyi qizlari zo‘rlangani ishi

    Zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi “Nemolchi.uz” loyihasi Xorazm viloyatida 3 nafar mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi 10 oy davomida viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i va tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan zo‘rlab kelinganini xabar qilgandi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva tuman sudining 2022-yil 6-sentyabrdagi hukmiga ko‘ra, mehribonlik uyi mudirasiga 5 yil-u 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Yosh bolalar bilan jinsiy aloqada bo‘lgan ikki mas’ulga esa 1,5 yilga ozodlikni cheklash jazosi belgilangan.

    Sudlangan A.M. va A.K.ga yengil jazo tayinlangani va boshqa holatlar yuzasidan 29-mart kuni Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasi sudiga protest keltirilgan. 6-aprel kuni ish Oliy sudda ko‘rib chiqilib, hukmning A.M. va A.K.ga oid qismi bekor qilingan hamda apellyatsiya instansiyasida qayta ko‘rib chiqish uchun Toshkent shahar sudiga yuborilgandi.

    Iyul oyida Xorazmda mehribonlik uyi qizlari zo‘rlangani bo‘yicha jinoyat ishini ko‘rish 1 oylik muddatga to‘xtatilgandi.

    Unda Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasining sud majlisida prokuror sudga iltimosnoma bilan murojaat qilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 416-417-moddalari tartibida sudlanuvchilarga yangi ayblov bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish va boshqa shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish masalasini hal qilish uchun jinoyat ishi hujjatlarini ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga yuborish to‘g‘risida ajrim chiqarishni so‘ragandi.

    Apellyatsiya instansiya sudlov hay’ati prokuror iltimosnomasini qanoatlantirib, sudlanuvchilar A.M. va A.K.ga oid jinoyat ishi bo‘yicha ajrim qabul qilib, Xorazm viloyat prokurorining o‘rinbosariga yuborildi va jinoyat ishini ko‘rish 1 oylik muddatga to‘xtatilgan.

    Mazkur jinoyat ishi yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilgan.

    03.11.2023, 12:05   Izoh (0)   19234
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bobur Bekmurodov pedofillarga qarshi jazo choralarini kuchaytirishni taklif qildi

    28.02.2023, 23:35

    “Odil sudlov tizimining samaradorligi haqida xavotir uyg‘otadi” — sun’iy intellekt Xorazmda voyaga yetmagan qizlarning zo‘rlangani haqida

    05.04.2023, 18:46

    O‘zbekistonda xotin-qizlarni zulm va zo‘ravonlikdan himoyalovchi qonun kuchga kirdi. Asosiy jihatlar

    15.04.2023, 14:30

    O‘zbekistonda 4-noyabr kuni harorat 27 darajagacha ko‘tariladi

    03.11.2023, 10:38

    AQSH O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyani sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi

    03.11.2023, 10:34

    Farg‘onada ham ichimlik suvi va oqova xizmatlar narxi oshiriladi

    03.11.2023, 10:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.