Qirg‘izistonda qizamiq bilan bog‘liq vaziyat murakkablashdi, maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilari o‘rtasida kasallanish holatlari ko‘paydi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “AKIpress” xabar berdi.
Vaksina olmagan bolalarga kasallik yuqayotgani ta’kidlandi. 2023-yil boshidan buyon 3289 kishi qizamiqqa chalingan bo‘lib, ularning aksariyati 4 yoshgacha bo‘lgan bolalardir.
Sog‘liqni saqlash vazirligining maʼlum qilishicha, yuqumli kasalliklar aniqlangan maktab va bog‘chalarda karantin eʼlon qilingan. Qizamiqqa qarshi qo‘shimcha emlash kampaniyasi davom etmoqda. Vazirlik ota-onalardan farzandlarini o‘z vaqtida emlashni so‘ragan.
Kasallik yuqishini to‘xtatish uchun emlash qamrovi 95 foizdan oshishi kerak. Qizamiq va qizilchaga qarshi qo‘shimcha emlash kampaniyasi doirasida hozirgi kunga qadar 450 mingdan ortiq bola emlangan, bu 76 foizni tashkil etadi.
Izoh (0)