Davlat statistika agentligi O‘zbekistonda qaysi jins vakillari ko‘proqligi haqida ma’lumot e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 2023-yilning 1-oktyabr holatiga respublikaning doimiy aholisi 36 599 764 kishini tashkil etdi:
- 18 176 873 nafari ayollar;
- 18 422 891 nafari erkaklar.
Doimiy aholi tarkibidagi erkaklar soni ayollar sonidan 246 018 nafarga ko‘p bo‘ldi.
Agentlik ma’lumotlarida keltirilishicha, respublikaning doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 foizga oshgan.
Mamlakat aholisi 2023-yil boshidan buyon 574,8 ming kishiga ko‘paygan. Aholi 2023-yilning har bir oyida o‘rtacha 63,9 ming kishiga oshgan. 2023-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 2,1 ming kishiga ko‘paymoqda.
Izoh (0)