Saudiya Arabistoni banki Madridning “Real” klubi homiysizga aylanadi.
Madridliklar Saudiya banki bilan hamkorlik borasida kelishuvga erishdi, deya xabar beradi The Athletic nashri.
Bank “Real”ning Saudiyadagi yagona homiysi bo‘ladi.
2013-yilda “qaymoqranglilar” Saudi Telecom bilan hamkorlik qilgan, biroq bu bitim allaqachon o‘z nihoyasiga yetgan.
Bank bilan tuzilgan shartnoma asosiy bo‘lmaydi va liboslar, mashg‘ulotlar uchun liboslar yoki stadion reklamalarida hech qanday logotiplar bo‘lishini talab qilmaydi.
“Real” La Ligada 25 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Madridliklarning keyingi o‘yini 28-oktyabr kuni “Barselona”ga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)