Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 3-turida “Barselona” 25-oktyabr, chorshanba kuni “Shaxtyor”ga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning 28-daqiqasida Ferran Torres hisobni ochdi. Oradan 8 daqiqa o‘tib, Fermin Lopes jarima maydoni tashqarisidan zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi.
Ikkinchi bo‘limda ukrainaliklar ham to‘pga egalik qila boshladi. Bir qancha hujumlardan so‘ng “Shaxtyor” hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. 62-daqiqada Georgiy Sudakov o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va kataloniyaliklar g‘alaba qozondi.
Xavi shogirdlari ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng ochkolari sonini 9 taga yetkazib, H guruhi peshqadami bo‘lib turibdi.
YCHL
3-tur
25-oktyabr, chorshanba
“Barselona” – “Shaxtyor” 2:1
Gollar: 1:0 – 28 Ferran Torres, 2:0 – 36 Lopes, 2:1 – 62 Sudakov.
“Barselona”: ter Stegen, Joau Kanselu, Martines (Kristensen, 82), Arauxo, Alonso (Balde, 70), Gundo‘g‘an, Romeu, Lopes (Kasado, 82), Joau Feliks (Giu, 75), Ferran Torres, Yamal.
“Shaxtyor”: Riznik, Konoplya, Matvienko, Bondar, Azarov, Stepanenko, Zubkov, Kriskiv (Neverton, 63), Sudakov, Bondarenko, Sikan (Kelsi, 70).
Ogohlantirishlar: Ferran Torres (43), Kriskiv (50), Konoplya (72), Balde (75), Bondar (87).
Izoh (0)