Braziliyalik futbolchi Neymar “Barselona”dan ketganidan afsuslanmoqda.
Diario Sport nashrining xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar sport direktori Deku Neymar ortga qaytish istagi bor-yo‘qligini bilish uchun uning oilasi bilan aloqaga chiqqan. Biroq, “ko‘k-anorranglilar” braziliyalik futbolchini ijaraga olishi yoki judayam kam narxga sotib olishi mumkin.
Neymar “Al-Hilol”ga o‘tganidan so‘ng “Barselona” uni bir yilga ijaraga olishga urinib ko‘rgan, ammo saudiyaliklar bunday kelishuvga qarshi bo‘lgan.
31 yoshli futbolchining o‘zi ispan klubidan ketganidan afsusda va doim qaytishni xohlagan.
Eslatib o‘tamiz, hujumchi 2017-yilda Katalon klubidan “PSJ”ga 222 million yevroga o‘tgandi.
Qayd etib o‘tish joiz, Neymar JCH—2026 saralashidan o‘rin olgan Urugvayga qarshi o‘yinda (0:2) jarohat olib, maydonni tark etgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi kamida 6 oyga safdan chiqqan. Braziliyalik “Al-Hilol”ning “Navbahor”ga qarshi OCHL doirasidagi uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.
Izoh (0)