Navoiy viloyati Nurota tumanida ichimlik suvini ifloslantirgan fuqaro jarimaga tortildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Navoiy viloyati, Nurota tumani Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi. Reyd davomida “Ibn Sino” MFY hududida yashovchi fuqaro T.I. o‘ziga tegishli bo‘lgan qo‘lbola burg‘ilash qurilmasi bilan ishlash vaqtida ichimlik suvini ifloslantirganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 72-moddasi 1-qismi bilan BHMning 3 barobari — 990 ming so‘m jarimaga belgilandi.
“Ekologiya vazirligi barchani tabiiy boyliklarni asrab-avaylashga, atrof-muhit musaffoligini saqlashga chaqiradi! Unutmang, atrof-muhit va sog‘lom kelajak uchun barchamiz birdek masʼulmiz”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)