• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Afg‘onistondan Markaziy Osiyoga tahdidlar ko‘lami kamaymagan” — siyosatshunos

    Joriy yilning oktyabr oyi boshida qo‘shni Afg‘onistonda kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Ma‘lumotlarga ko‘ra, ushbu tabiiy ofat oqibatida 2 mingdan ortiq inson qurbon bo‘lgan, 6 ta qishloq butunlay vayron bo‘lgan.

    “Daryo” qo‘shni Afg‘onistondagi ijtimoiy vaziyat, dunyo hamjamiyatining Afg‘onistonga e’tiborsizligi, “Tolibon”ning siyosiy qadamlari to‘g‘risida siyosatshunos Farhod Tolipov bilan suhbatlashdi.

    – Oktyabr oyida Afg‘onistonda yuz bergan zilzila shundoq ham gumanitar inqiroz ko‘chasidagi afg‘on xalqini juda og‘ir holatga solib qo‘ydi. Nega Afg‘onistondagi vaziyatni jahon hamjamiyati e’tiborsiz qoldirmoqda?

    – Ha, ayrim olimlar Afg‘oniston xalqaro kun tartibidan chetda qolib, ikkinchi-uchinchi darajali muammoga aylandi, deb aytishmoqda. Boshqalar bo‘lsa, unday emas deb hisoblaydi. Har ikki fikrning ham o‘ziga yarasha mantig‘i bor. Sentyabr oyida Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning Bosh Assambleyasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z ma’ruzasida Afg‘onistonga alohida to‘xtalib, xalqaro hamjamiyat e’tiborini qaratishga harakat qildi. Albatta, O‘zbekiston uchun qo‘shni mamlakat hisoblangan Afg‘oniston muammosini bir chetga surish mumkin emas. To‘g‘ri, Afg‘onistonga gumanitar yordam berilmoqda. Misol uchun, O‘zbekistonning o‘zi ham zilzila sodir bo‘lganda yordam yubordi. Lekin Afg‘onistonni boshqa dunyodagi muammolar bilan teng ko‘rib bo‘lmaydi. Chunki Afg‘onistonga o‘xshash gumanitar yordamga muhtoj o‘lkalar ham bor. 

    To‘g‘ri, oktyabr oyi boshida ro‘y bergan zilzila bu hududdagi gumanitar inqirozni yanada kuchaytirib yubordi. Umid qilamizki, xalqaro hamjamiyat Afg‘onistondagi vaziyatga yana e’tibor qaratadi. Har holda qo‘shni O‘zbekiston qo‘lidan kelganicha Afg‘onistonga yordam bermoqda.

    – Bilamizki, Afg‘onistonning xorijdagi aktivlari muzlatib qo‘yilgan. Ammo “Tolibon” shu vaqtgacha nimaning hisobiga kun ko‘rib kelmoqda?

    – Bu biz uchun bosh qotiradigan masala. Ushbu masalada qandaydir sir yashiringandek. Afg‘onistonning sobiq hukumatiga tegishli bo‘lgan mablag‘lar AQSH banklarida muzlatib qo‘yilgan. Hozir Afg‘onistonning iqtisodiy holati unchalik ham yaxshi emas. Unda “Tolibon” nimaning hisobiga yashab kelmoqda, degan bir tabiiy savol tug‘iladi. Chunki davlatni boshqarish va iqtisodni yo‘lga qo‘yish uchun pul kerak. Bu masalada bironta ochiq manbalar yo‘q. Lekin ayrim siyosatshunoslar “Tolibon” kontrabanda va narkotik moddalarini yetish orqali mablag‘ topayotganini aytadi. Bundan tashqari, ayrim yirik kuch markazlari ham “Tolibon”ga yordam bermoqda. Xususan, Xitoy “Tolibon”ga Qo‘shtepa kanalining qurilishida yordam beryapti. Chunki mutaxassislari va puli bo‘lmagan “Tolibon” albatta tashqi yordamsiz bu ishni amalga oshira olmaydi.

    – Afg‘onistondagi gumanitar inqiroz Markaziy Osiyo mamlakatlariga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin?

    – Xalqimizda qo‘shning tinch, sen tinch, degan maqol bor. Hozir Afg‘oniston notinch bo‘lib qolmoqda. Chunki Afg‘onistonni ichida “Tolibon”ga qarshilik qilayotgan kuchlar mavjud. Bundan tashqari, Afg‘onistonda turli terroristik tashkilotlar bor. Shu nuqtayi nazardan, Afg‘onistondagi vaziyat barqarorlashdi, deyishga biroz erta. Ya’ni Afg‘onistondan Markaziy Osiyo davlatlariga tahdidlar ko‘lami pasaygan deb ayta olmaymiz.

    – Joriy yil 29-sentyabr kuni Rossiyaning Qozon shahrida Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha beshinchi Moskva sammiti bo‘lib o‘tdi. Rossiyaning Afg‘onistonda qanday manfaatlari bor?

    – Aslida Rossiya azaldan “Tolibon” harakati bilan yaxshi munosabatda bo‘lib kelgan. Hatto Afg‘onistonda beqarorlik avj olgan vaqtda Rossiya elchixonasi o‘z faoliyatini to‘xtatmagan edi. Shundan beri “Moskva jarayoni” sammiti tashkil etilib, unda Afg‘onistonga qiziqqan davlat vakillari ishtirok etadi. Bunday uchrashuv bir necha marotaba tashkil etilgan. Lekin bu safargi uchrashuv oldingi o‘tgan uchrashuvlardan farqli jihati — bu uchrashuv “Tolibon”ni Rossiya tomonidan tan olinishiga olib borsa kerak. Shuning alomatlari paydo bo‘ldi. Chunki bir necha oy oldin “Tolibon” tan olish iltimosi bilan Rossiya rahbariyatiga murojaat qildi. Demak, jarayon “Tolibon”ni tan olish tomon rivojlanmoqda. Boshqa tomondan, xalqaro hamjamiyatining qanday pozitsiyada bo‘lishidan qat’i nazar, Rossiya birinchi bo‘lib “Tolibon”ni tan olar?

    – 17–19-oktyabr kunlari Xitoyning Pekin shahrida “Bir makon, bir yo‘l” loyihasi bo‘yicha sammit bo‘lib o‘tadi. Unga “Tolibon” harakati vakillari ham taklif etilgan. Nima uchun Xitoy o‘z loyihasiga Afg‘onistonni ham jalb qilmoqda?

    – Shu ham yuqoridagi fikrlarimizning tasdig‘i bo‘lsa kerak. Ya’ni Xitoy ham Rossiya o‘xshab “Tolibon”ni tan olish harakatiga tushgan. Rossiya uchun “Tolibon”ni tan olish ortida harbiy-strategik manfaat yotgan bo‘lsa, Xitoy uchun geoiqtisodiy jihatdan manfaat mavjud. Afg‘oniston hududidan transport yo‘li o‘tgani uchun Afg‘oniston Xitoy uchun juda qulay.
    Oxirgi vaqtlarda Rossiya ham, Xitoy ham “Tolibon”ni Afg‘onistondagi real kuch, u bilan ishlash kerak, degan fikrni ilgari surayotgan edi. Aslida bu tan olishdan boshqa narsa emas. Balki, mintaqadagi yirik kuch markazlari Afg‘onistonda “Tolibon”dan boshqa kuch mavjud emas, endi uni tan olishdan boshqa yo‘limiz yo‘q, degan fikrga kelgandir. Lekin AQSH, Yevropa Ittifoqi va BMT tomonidan bunday tendensiyani kuzatmayapmiz. Menimcha, Xitoy va Rossiya “Tolibon”ni tan olishga aniq qadamlar tashlamoqda.

    – Yaqinda Xitoy Afg‘onistonga o‘zining yangi elchisini tayinladi. “Tolibon” ham xitoylik elchiga maxsus yorliq topshirdi. Bu nimani anglatadi?

    – Bu tan olishning birinchi belgisi va sharti. Agar xorijiy elchiga yorliq topshirilsa, bu o‘sha davlat bilan diplomatik aloqalar o‘rnatilganini anglatadi. Diplomatik aloqalar o‘rnatildi degani rasman davlat va uning rahbariyati uni tan olganini bildiradi. Ya’ni Xitoy “Tolibon”ni tan olishga jiddiy qadam qo‘ydi.

    Eslatib o‘tamiz, Xitoy raisi Si Szinpin taklifiga binoan Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga amaliy tashrif bilan Pekin shahriga yetib bordi. Davlat rahbari “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumining ochilishida ishtirok etadi va yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi.

    Sardor Ali suhbatlashdi

    17.10.2023, 20:45   Izoh (0)   9886
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ukraina birinchi marta Rossiya nishonlariga ATACMS raketalari bilan zarba berdi — OAV

    17.10.2023, 20:20

    Parijdagi Versal saroyi shubhali qo‘ng‘iroq tufayli evakuatsiya qilindi

    17.10.2023, 19:50

    Indoneziyada yo‘lovchi poyezdi avariyaga uchrashi oqibatida 30 dan ortiq kishi jabrlandi

    17.10.2023, 19:19

    Niderlandiya G‘azo sektoriga 10 million yevro miqdorida qo‘shimcha yordam berishini e’lon qildi

    17.10.2023, 18:18

    Vladimir Putin Pekinda Si Szinpin bilan uchrashdi

    17.10.2023, 17:30

    Turkiya Falastin uchun kafil bo‘lishga tayyorligini bildirdi

    17.10.2023, 15:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda politsiya kaptarni qo‘lga oldi

    Dunyo | 22 avgust, 19:30

    BMT bosh kotibi G‘azodagi ochlikni sun’iy ofat deb atadi

    Dunyo | 22 avgust, 19:20

    Bosh vazirga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati va Turdimovning ustozligi: Surxondaryo hokimi bilan eksklyuziv suhbat

    O‘zbekiston | 22 avgust, 19:08

    O‘zbek yo‘lsozlari tarixda ilk marta obyektni 48 soatda qurib foydalanishga topshirdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 18:55

    Uy bekasidan muvaffaqiyatli tadbirkorgacha: ajoyib g‘oyalari ortidan boyib ketgan ayollar hikoyasi

    Layfstayl | 22 avgust, 18:45

    O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon o‘rtasida qo‘shma bayonot imzolandi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 18:27

    O‘zbekistonda ishchi kuchiga eng ko‘p talab bildirgan sohalar ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 18:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.