Toshkent shahar Uchtepa tumanida tuproq o‘pirilishi yuz berdi. FVV bu bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarni taqdim etdi.
Unga ko‘ra, 11-oktyabr kuni soat 14:21 da Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Beshqayrag‘och ko‘chasida oqova (chiqindi) suvlari uchun mo‘ljallangan chuqurlik (kotlovan) qazish vaqtida o‘pirilish sodir bo‘lib, 3 nafar fuqaro tuproq ostida qolib ketgani taxmin qilinmoqda.
Hodisa joyiga zudlik bilan yetib borgan shahar FVBning 2 ta qutqaruv otryadi 16 nafar qutqaruvchi tomonidan tuproq ostida qolib ketgan fuqarolarni qidiruv ishlari olib borilmoqda. Voqea joyiga shahar FVB, SSB, IIB rahbar xodimlari chiqqan.
Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)