• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl

    Karyerasini shou-biznesdan boshlagan dunyoga mashhur birinchi xonimlar (foto)

    Birinchi xonimning maqomi har qanday ayolni mashhur qilishi mumkin, hatto uning barcha shaxsiy va kasbiy yutuqlari “muvaffaqiyatli nikoh” nuqtasida yakunlangan bo‘lsa ham. Mashhur qo‘shiqchi, aktrisa, raqqosa va modellardan qaysi biri o‘z mamlakatining birinchi xonimi bo‘lish sharafini qo‘lga kiritgani va erlari hokimiyat tepasiga kelganidan keyin ularning karyerasiga nima bo‘lgani haqida ma’lumot beramiz.

    Karla Bruni-Sarkozi

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Nikolya Sarkozining uchinchi rafiqasi model bo‘lgan. Uning kiyinish uslubi va garderobidagi liboslar siyosatga modani olib kelgan desa ham xato bo‘lmaydi. Kiyinishi sabab uni Jaklin Kennediga qiyoslashadi. Musiqachilar oilasida dunyoga kelgan Bruni voyaga yetganida ijod yo‘lidan ketishga qaror qilgan. Maktabni bitirganidan keyin arxitektor bo‘lishni rejalashtirgan. Ammo modellik karyerasini boshlab yuborgan, City Models bilan shartnoma imzolaganida endigina 19 yoshga to‘lgan edi.

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Muvaffaqiyatli loyiha va hamkorliklar uning mashhur bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Hali tanilib ulgurmasidan moda olamining titanlari hisoblangan Dior, Givenchy, Chanel, Yves Saint-Laurent va boshqa brendlar bilan hamkorlik qilgan. 90-yillardagi mashhur modellar haqida gap ketganida Karlaning ismini tilga olmasdan iloj yo‘q.

    Foto: Marie Claire

    Ammo Karla faqatgina modellik bilan cheklanmagan, u ijod qilish, albom yozish, qisqa qilib aytganda, musiqiy karyerasini ham maromiga yetkazgan. Albom taqdim qilgan, mukofotlarni qo‘lga kiritgan sobiq birinchi xonim ayni vaqtda ham musiqa bilan shug‘ullanib turadi. Qolaversa, u Yelisey saroyida yashagan vaqtida ham ijodni tashlab qo‘ymagan. Turmush o‘rtog‘i prezident bo‘lganining birinchi yilidayoq Comme si de rien n’était albomini taqdim qilgan. Albom sotuvidan tushgan mablag‘ esa xayriya ishlariga sarflangan. 2011-yilda esa u rejissor Vudi Allenning filmida suratga tushishga ham muvaffaq bo‘lgan. Umuman olganda, Karla turmush o‘rtog‘idan qolishmaydigan darajada mashhur. Ayni vaqtda ham mavqeyini ushlab turishga harakat qiladi va musiqiy karyerasini davom ettirib keladi.

    Melaniya Tramp

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Donald Trampning uchinchi rafiqasi Melaniya kommunistik mamlakatda dunyoga kelgan yagona birinchi xonim sanaladi. U Lyublyanada dunyoga kelib, model sifatida karyera qilish uchun u yerni tark etgan. U bolaligida Sloveniyadagi bolalar moda chiqishida ishtirok etgan, 16 yoshida esa ilk marta professional fotosessiyada o‘zini sinab ko‘rgan.

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    U Karla Bruni singari mashhur bo‘lmagan bo‘lsa ham moda olamida o‘ziga yarasha nom qozonishga muvaffaq bo‘lgan: modellik agentlari bilan shartnoma tuzib, moda chiqishlari, jurnal muqovasi uchun suratlar hatto go‘zallik tanlovida ishtirok etgan. Trampning do‘sti Paolo Zampolli uni payqab, Nyu-Yorkda model sifatida faoliyat yuritishni taklif qilmaganida, AQSHga ko‘chib borish uning xayolining ko‘chasiga ham kelmagan bo‘lardi. Shu bahona bo‘lib Tramp va Melaniya tanishib qoladi.

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Shundoq ham chiroyli va latofatli bo‘lgan Melaniyaning ishlari Tramp bilan tanishuvidan keyin yanada yurishib ketadi. Model sifatida karyerasi gullab-yashnaydi, reklama agentlaridan takliflar kelib tusha boshlaydi. Keyinroq Melaniya kosmetik brendga, zargarlik buyumlari kolleksiyasiga asos soladi. Xullas, Oq uyning bekasiga aylanguniga qadar ham Melaniya o‘ziga yarasha mashhur bo‘lgan.

    Sofi Greguar-Tryudo

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Zamonamizning eng kelishgan va mashhur siyosatchilaridan biri bo‘lgan Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning rafiqasi Sofi nomini avval butun dunyo aholisi bo‘lmasa ham Kanadaning Kvebek provinsiyasidagi har ikkinchi odam bilgan.

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Bunga uning muntazam ravishda ekranlarda turli ko‘rsatuv dasturlarda chiqishi sabab bo‘lgan. Yoshligida fotomodel, reklamachi bo‘lib faoliyat olib borgan Sofi jurnalistika sohasiga juda ham qiziqqan. Mahalliy radio-televideniye maktabini tamomlaganidan keyin LCN telekanalida ishlay boshlagan. Media sanoatidagi faoliyati sabab ham u turmush o‘rtog‘ini uchratgan. Mercedes-Benz tomonidan tashkil qilingan xayriya tadbirida boshlovchilikka taklif qilinadi va aynan shu tadbirda Jastin ham qatnashadi.

    Pen Liyuan

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Xitoy raisi Si Szinpin mashhurlikda rafiqasi Pendan ortda desa ham xato bo‘lmaydi. Ular yoshligidayoq bir-biriga ko‘ngil qo‘yib uchrashishni boshlagan, ammo bu vaqtda Si endigina siyosatga qadam qo‘ygan yigitcha bo‘lsa, Pen Xitoy estradasida o‘z o‘rnini topib bo‘lgan yulduz edi. Pen ijod muhiti hukm surgan oilada dunyoga kelgan va musiqaga qiziqa boshlagan.

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Uning onasi opera yo‘nalishida ijod qilganiga qaramay, Pen harbiy qo‘shiqlar kuylashni afzal bilgan. Barcha davlat tadbirlari usiz o‘tmaydigan bo‘lib qolgan va vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlar bilan muxlislar qalbidan joy olgan. Birinchi xonim sifatida Pen bugungi kunda chiqish qilmay qo‘ygan bo‘lsa ham onda-sonda muxlislar ko‘zini quvnatib turadi.

    Veronika Lario

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Silvio Berluskonining rafiqasi Veronika teatr va kino aktrisasi bo‘lgan, ammo yuqoridagi xonimlar singari mashhur bo‘lmagan. U aktrisalikni 70-yillar o‘rtasida teatrdagi pyesa va seriallarda kichik rollardan boshlagan va bu vaqtda Italiyada mashhur bo‘lgan rejissor va aktyor Enriko Mariya Salerna bilan sevishib yurgan.

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Aynan Enriko aktrisa ishtirokidagi pyesalarni sahnalashtirgan. Ijro davomida Larioning latofati va aktrisalik mahorati Berluskonining ham e’tiborini tortgan. Veronika u bilan rasmiy turmush qurguniga qadar ham 10 yil birga yashagan va aynan shu vaqtda bir necha mashhur filmlarda suratga tushgan. Ammo turmush o‘rtog‘ining xiyonatidan keyin ajrashgan va shundan keyin boshqa aktrisalar Berluskonining qalbini zabt etgan ayol rolini ijro qilishni orzu qila boshlagan.

    Nensi Reygan

    Foto: Marie Claire

    Nensi Reygan nomi bilan mashhur bo‘lgan Anna Frensis Robbins filmlarda turli rollarni ijro etgan. Uning onasi teatr va kino aktrisasi bo‘lgan va Ketrin Xepbern bilan dugona edi, shuning uchun yosh Nensi drama bo‘limiga o‘qishga kirib, karyerasini tez va muammosiz quradi.

    Qiziqarli biografik fakt: qiz asosiy rollaridan birini o‘rta maktabda, unga Jorj Kaufmanning “Birinchi xonim” pyesasi asosidagi maktab spektaklida bosh rolni berishganda o‘ynaydi.

    Foto: Marie Claire

    Ko‘plab tanqidchilar Nensining yulduz bo‘lish uchun yetarlicha iste’dodli emas edi deb hisoblaydi. Ammo uning yana bir jihati bor edi: u foydali aloqalar o‘rnatish va suhbatdoshlarini maftun etishni bilardi. Garchi Gollivud unga o‘zi xohlagan unvonni bermagan bo‘lsa-da, Ekran aktyorlari gildiyasi prezidenti bo‘lib ishlagan bo‘lajak eri bilan tanishishiga sababchi bo‘lgan. Uning ismi ko‘pchilikka ma’lum: bu Ronald Reygan edi.

    Foto: Marie Claire

    Nikohdan keyin bo‘lajak prezidentdan farqli o‘laroq Nensi kinodagi karyerasini tark etadi va faqat kichik spektakllar hamda dasturlarda paydo bo‘ladi, oilasini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Biroq er-xotin bir filmda birgalikda rol o‘ynashgan — 1957-yilda “Dengiz jodugarlari” filmida. Ular filmda asosiy rollarni o‘ynagan.

    Foto: Marie Claire
    10.10.2023, 12:56   Izoh (0)   17801
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qandaydir sabablar tufayli mashhur obrazlardan quruq qolgan taniqli aktrisalar (foto)

    05.10.2023, 16:55

    “Oskar” mukofotiga loyiq ko‘rilgan XXI asrning eng yaxshi multfilmlari (foto)

    09.10.2023, 10:06

    30 yoshida Ginnes rekordini o‘rnatgan va stereotiplarni buzishdan qo‘rqmaydigan “Titanik” yulduzi — Keyt Uinslet 48 yoshda (foto)

    09.10.2023, 11:18

    Selena Gomes, Emma Uotson va shaxsiy hayotda baxt topa olmayotgan boshqa mashhur ayollar (foto)

    08.10.2023, 23:56

    AQSHda mushuk tasodifan davlat IT tizimini o‘chirib qo‘ydi

    08.10.2023, 19:19

    “Barcha davrlarning eng yaxshi animatsion filmi”: O‘z davrida chet davlatlarda ham xitga aylangan sovet multfilmlari (foto)

    06.10.2023, 17:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA xodimlarining soni 21 foizga qisqaradi

    Dunyo | 26 iyul, 16:15

    “Al-Hilol” Aleksandr Isak uchun “rad etib bo‘lmas” taklif jo‘natdi

    Sport | 26 iyul, 16:10

    Chirchiq daryosida noqonuniy qum-shag‘al qazib olgan mansabdor 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 16:00

    “Tetris” 40 yoshda: bolalikda o‘ynalgan videoo‘yinlar asosida yaratilgan filmlar

    Kino | 26 iyul, 15:37

    Flik “Barselona” futbolchilari uchun intizomiy talablarni kuchaytirdi

    Sport | 26 iyul, 15:27

    Studiyada jihozlash ishlari olib borilgan — Navoiydagi zaharli tutun haqidagi reportajdan keyin jonli efirlar to‘xtab qolganiga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 15:01

    “Britaniya o‘t ochish to‘xtatilgandan so‘ng Falastin davlatini tan olishi mumkin” — Starmer

    Dunyo | 26 iyul, 14:51
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.