AQSHda mushuk klaviatura ustiga sakrab, to‘satdan faxriylar bilan ishlash markazi tizimini o‘chirib qo‘ydi.
Hodisa Kanzas shtatida sodir bo‘lgan. Jonivorning klaviaturaga sakrashi natijasida serverdagi barcha ma’lumotlar o‘chib ketdi. IT xodimi bu haqda direktor va departament xodimlaridan iborat 100 ga yaqin kishi ishtirok etgan onlayn konferensiya davomida tan oldi.
Axborot texnologiyalari bo‘yicha kotib yordamchisi: "Shuning uchun men mushuk emas, it boqaman", — deb javob berdi, bu esa ishtirokchilar o‘rtasida kulgiga sabab bo‘lgan.
Faxriylar bilan ishlash markazi maʼlumotlariga ko‘ra, muammo tezda aniqlanib, bartaraf etilgan va tizim to‘rt soat ichida tiklangan.
The Register nashrining ma’lum qilishicha, "ushbu hodisa natijasida faxriylar uchun boshqa muammolar yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri oqibatlar sodir bo‘lmagan".
Izoh (0)