Toshkent viloyati Nurafshon shahrida 6 yoshlilar uchun bepul taʼlim guruhlari yopilmoqda.

UzReportʼning maʼlum qilishicha, Nurafshon shahri hokimi qarori bilan 3 ta mahalladagi maktablarda tashkil qilingan majburiy bepul taʼlim guruhlari tugatilyapti. Sababi ularda o‘qiydigan 6 yoshli bolalar soni kam. Xususan, “Degantepa”, “Chig‘iriq” va “Oppoq” mahallaridagi 73, 19 va 10-maktablarda tuzilgan bepul taʼlim guruhlari endi yo‘q.
Bu mahalladagi 6 yoshli bolalar maktabga tayyorlanmaydi, chunki ularning soni to‘liq qamrovga yetmagan. To‘liq qamrov qancha bo‘lishi ochiqlanmagan.
Izoh (0)