“PSJ” jamoasining 4 nafar futbolchisi Fransiya chempionati doirasidagi bitta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.
Randal Kolo-Muani, Usmon Dembele, Ashraf Hakimi va Leven Kurzava Liga 1 ning 6-turidan o‘rin olgan “Marsel”ga qarshi ushrashuvdan so‘ng raqib jamoa sha’niga haqoratlar yog‘dirgandi.
Hakam hushtagi yangragach, futbolchilar muxlislar tomonga yo‘l olgan. Yarim himoyachi Uorren Zair-Emeri megafonni olib, muxlislar bilan birga qo‘shiq kuylagan. U tarafdan hech qanday yomon so‘zlar yangramagan, biroq videoga Kolo-Muani, Dembele, Hakimi va Kurzavaning haqoratli so‘zlar ishlatib, baqirayotgani tushib qolgan.
Shu tariqa futbolchilar uchun diskvalifikatsiya 10-oktabrdan ishga tushadi. Kolo-Muani, Dembele, Hakimi va Kurzava 8-oktabr kuni “Renn”ga qarshi uchrashuvda maydonga tusha oladi. Lekin 9-turdan o‘rin olgan “Strasbur”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Izoh (0)