Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga qarshi urushda yangi strategiyaga ega. Bu haqda The News York Times xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Rossiya prezidenti rossiyaparast siyosiy partiyalarni targ‘ib qilish va yangi texnologiyalardan foydalangan holda AQSH va Yevropaning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashiga putur yetkazmoqchi.
Rossiya AQSH va Yevropa Ukrainaga harbiy va iqtisodiy yordam berishda birdamligidan hafsalasi pir bo‘lgani aytilmoqda.
Ammo Putin Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni susaytirish va jang maydonida o‘z ustunligini qaytarish uchun AQSH siyosatiga ta’sir qilishi mumkin, deb hisoblaydi.
Ta’kidlanishicha, Kreml Yevropadagi rossiyaparast nomzodlarni qo‘llab-quvvatlashga harakat qilishi mumkin, misol uchun rossiyaparast nomzod Robert Fiko 1-oktyabr kuni Slovakiyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida g‘alaba qozondi. U Ukrainaga harbiy yordamni to‘xtatishga va’da bergandi.
AQSH rasmiylariga ko‘ra, Rossiya muntazam ravishda NATO va AQSH siyosatini qoralashga qaratilgan axborot operatsiyalarini olib boradi va kelgusi oylarda bu sa’y-harakatlarni kuchaytirishi mumkin.
Putinning pirovard maqsadi Ukrainaparast nomzodlarga putur yetkazish va AQSh siyosatini o‘zgartirish.
Ba’zi amerikalik rasmiylar Rossiyaning muvaffaqiyatiga shubha qilmoqda, ammo Kreml AQSHdagi saylovning yakuniy natijasiga ta’sir o‘tkaza olmasa ham, hech bo‘lmaganda Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha bahs-munozaralarni keltirib chiqaradi.
Izoh (0)