Yaponiyada oziq-ovqat narxlarining joriy yil davomidagi o‘sish miqyosi 2022-yil darajasidan oshib ketdi.
Bu haqda mamlakatning yetakchi statistik markazi Teikoku Databank hisobotida aytiladi.
Jumladan, joriy yilda 31,8 mingta oziq-ovqat mahsulotlari narxlarida o‘sish qayd etildi. 2022-yilda esa faqat 25,7 mingta oziq-ovqat mahsulotida o‘sish kuzatilgandi.

Joriy yil sentyabr oyida 4,6 mingta bunday turdagi tovarlarning narxi oshgan.
Narxning ko‘tarilishi bir yildan ortiq vaqtdan beri kuzatilayotgan xomashyo narxining oshishi tufayli davom etmoqda, deyiladi statistik markaz xabarida.
2022-yilda Yaponiyada oziq-ovqat narxlari undan avvalgi yilga nisbatan 14 foizga oshgan.
Izoh (0)