• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Sen haqiqat deb bilgan narsalar kim uchundir yolg‘ondan boshqa narsa emas…” — “So‘nggi duel” filmi haqida

    “Gladiator”dan “Guchchi uyi”ga qadar

    Chinakam kinomanlar sevib tomosha qilishdan charchamaydigan “Gladiator”, “Prometey”, “Marslik”, “Robin Gud”, “Gannibal” kabi betakror filmlarni yaratgan Ridli Skott 77 yoshida bir emas, ikkita katta kinoni suratga oldi. Ikkisi ham kinotanqidchilar tomonidan ijobiy qabul qilindi, ikkisida ham super kast, yaxshigina budjet bor. Bugun shu ikkisidan biri “The Last Duel” filmi haqida to‘xtalamiz. Film Erik Jagerning shu nomli romani asosida suratga olingan bo‘lib, voqealar XIV asrda bo‘lib o‘tgan real hodisa deb qaraladi.

    Noyabr oxirida premyera qilinishi kutilayotgan Xoakin Feniks ijrosidagi “Napoleon” filmi haqida esa premyeradan keyin to‘xtalib, u haqida ham taqriz yozamiz, degan umiddamiz. Endi sujetga yuzlansak.

    Filmdan kadr

    Sujet

    Ritsar Jan de Karruj Parijdan uyiga qaytgach xotini Margaritdan biladiki, u Parijdaligida sobiq do‘sti va safdoshi, hozirgi kunda esa eng asosiy dushmaniga aylangan ritsar Jak Le Gri uning xotinini zo‘rlagan. Lekin bu gapga ko‘pchilik ishonmaydi va Jan de Karruj adolatni qaror toptirish maqsadida Fransiya qiroliga murojaat qiladi.

    Qirol esa haqiqatni faqatgina duelda hal qilish mumkinligi haqida va agar, ayblovchi tomon jangda yutqazsa, uning xotini tuhmat qilganlikda ayblanib gulxanda yondirilishi borasida qaror chiqaradi. 

    Tomoshabin sujetni izohidan filmga spoylerday qabul qilishi mumkin, lekin asosiy intriga baribir film so‘nggiga qoldirilganligini bilib qo‘yishi lozim. Film so‘nggida tomoshabinni eng ajoyib, epik jang sahnasi kutib turibdi. Aftidan, Ridli Skott Robin Gud va Gladiatordagi jang uslublarini sog‘inganmi, kinoda ikki filmdagi jang uslubi aralashmasini ko‘rishimiz mumkin. Umuman olganda 2,5 soatlik film mana shu voqea uchun ko‘plik qilishi mumkindek, lekin, tomoshabinga taklif qilinayotgan format noodatiyligi bilan diqqatni tortishi tabiiy. Va yana bir narsa: kino betakror bo‘lishi uchun sujet mukammal bo‘lishi kerak, degan streotiplar allaqachon eskirgan. Tuzuk-quruq sujetsiz odamlar qalbidan joy olgan kinolar bor. Voqeaga qaytamiz.

    Filmdan kadr

    Voqealar uchta sujet liniyalari orqali tasvirlanadi:

    • Xotini zo‘rlanganini eshitgan va bu yukni ko‘tarib yurishni istamagan qo‘rs, qo‘pol lekin o‘ta g‘ururli va mard ritsarning haqiqati
    • Zo‘rlanishda ayblanayotgan qudratli ittifoqdoshlarga egaligi va ancha savodli ekanligi bilan maqtana oladigan ritsarni haqiqati
    • Haqiqatni yuzaga chiqishini avvaliga shunchaki istagan keyinchalik esa haqiqatsiz uni o‘zi ham yo‘q bo‘lishi mumkinligini tushunib yetgan qo‘rquvdagi ayolning haqiqati

    Bitta voqea uchala qahramonning rakursidan tomoshabinga yetkaziladi. Akira Kurosavaning “Rasyomon” filmi ham xuddi shunday formatda suratga olingan bo‘lib, aynan shu sabab tufayli ham tomoshabinda ozgina norozi kayfiyat uyg‘onishi mumkin. Yana bir kamchilik sifatida, bitta voqeani uch xil rakursda deyarli bir xil tasvirlangani va bu filmni sun’iy tarzda cho‘zilishiga olib kelinganligini aytayotganlar ham bo‘ldi.

    Ammo, filmni diqqat bilan kuzatgan kinoman sezadiki, bu bir-biriga judayam o‘xshash versiyalarda sezilarli farq bor. Dialoglardagi oddiy so‘zlarni boshqacha talqin qilinishi orqali xam rejissyor tomoshabinga — insonlarning haqiqatlari ham xuddi barmoq izlari kabi bir-biridan farq qilishiga sha’ma qilgandek. Xuddi bitta so‘zni ikki xil ohangda aytilishi uni eshitgan odamga ikki xil ma’noda yetib borishidek gap bu.

    Filmdan kadr

    “Metoo”

    Masalan, tasavvur qiling, tushingizga Xizr kirdi. Tushingizga Xizr kirganini esa bir yaqin tanishingizga to‘lib-toshib gapirib berdingiz, sherigingiz bunga ishonmaydi — bu borada unda sizga ishonmasligining o‘ziga yarasha haqiqati bor, chunki siz unga hech qanaqasiga isbotlab berolmaysiz, tushingizga olib kirib, mana, oshna, mana bu kishi Xizr bobo, bo‘ladi deya olmaymiz, albatta. Ammo ikkinchi tarafdan, sizning ham o‘z haqiqatingiz bor — siz chindan ham ko‘rgansiz va birovga buni isbotlashga urinishingiz shart ham emas. Kinoda aynan shunga o‘xshash holat bosh planga chiqadi. Qahramonlar o‘zlari turgan tarafdan turib, bu to‘g‘ri, bu noto‘g‘ri, deb xulosa qilishadi.

    Filmning asosiy xulosalaridan biri ham ayrim e’tirozlarga sabab bo‘ldi, ya’ni ijodkorlar “metoo” harakatini qo‘llashga uringandek go‘yo. “Metoo” jinsiy tajovuzga qarshi harakat bo‘lib “men sen bilanman, jim yurma, boshingdan o‘tgan bo‘lsa ayt, hamma bilsin bu muammoni” degan ma’noni beradi.

    Harakat prodyuser Vaynshteynni shov-shuvli sud jarayonidan keyin trendga chiqdi. O‘rta asrlarda ayol va erkak huquqlari borasida gap-so‘z bo‘lishi mumkin emasligini inobatga olib bu e’tirozga qo‘shilish mumkin, ya’ni rejissor bu narsani bo‘rttirmasdan, boricha, hayotiy qilib ko‘rsatishi mumkin edi. Bir tomondan xo‘sh, nimasi yomon, ozgina bo‘rttiribdi, lekin bu filmda sujetni o‘zgartirib yuborish layoqatiga ega detalmas, balki foydaliroq hamdir yoki bo‘lmasa bunga alohida e’tibor qilish shart emasdek, muhimi o‘sha davrda bu deyarli e’tiborga molik hodisa sifatida qaralmagan, ayol adolatni izlashi esa hozirgi kundagi trendlar fonida filmni propaganda bilan shug‘ullangandek ko‘rsatgan. “Oskar” yutishni istagandir balki ijodkorlar, yomon joyi yo‘q.

    Filmdan kadr

    Haqiqatning uch xil ko‘rinishi

    Rejissor bir konflikt tarixini ajoyib talqinda ochib bergan. Jarayonda ishtirok etgan uch qahramon haqiqati bilan uni kuzatish davomida seni asl haqiqatga bo‘lgan fikring o‘zgarib boraveradi. Aslida kimning haqiqati chin haqiqat? Bu xulosani tomoshabinga qoldirgan ijodkorlar. Shunday ekan, o‘zingiz ko‘ring va fikr qiling, kim aslida haq yoki nohaq — sizning oldingizda qiziqarli konflikt va uning epik yakuniga ega tarixiy drama turibdi. Aktyorlar ijrosi o‘zi alohida mavzu, amin bo‘lib ayta olaman, bo‘lajak “Oskar”ga “eng yaxshi aktyor va aktrisa” nomzodlarini shu filmdan topa olasiz.

    Jasur va g‘ururli ritsar aslida o‘z xotinining nomusi uchun emas o‘zining g‘ururi, birinchi raqamli dushmani bu ishni qilgani uchungina isnod va o‘ch olish maqsadida uni duelga chaqirdi. U o‘z xotinini sevishi uning dushmanidan o‘ch olishga bo‘lgan xohishidan ko‘ra ancha pastroq, shunchaki bu haqiqatni tan olishni istamayapti u. Uning haqiqati aslida shu.

    Tabiatan qizlarga nozikroq, tashqi ko‘rinishi bilan ham ancha-muncha ayollarni rom etib kelgan boshqa bir ritsar esa o‘z hislarini boshqara olmay sevgan ayoli yonida o‘zini tutib tura olmadi. Aslida ayolning ham unda ko‘ngli bor edi, shunchaki eri borligi uchun bu hislarini yashiryapti. Mana ayblanuvchi ritsarning haqiqati.

    Ayolning haqiqati esa taxminan shunday jaranglagan: “Meni zo‘rlashdi, men bu narsani umrimning oxirigacha ichimda saqlab yura olmayman, buni hammaga aytaman. Mayli nomim yomonga chiqar, mayli mengacha bu ishni hech kim qilmagandir, lekin men adolat qaror topishini istayman. Men shunchaki adolatni istayman…”

    01.10.2023, 09:10   Izoh (0)   21140
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Men esa yetarlicha qarib bo‘lganman. Endi ulg‘ayishim kerak…” — “Leon” filmi haqida

    16.09.2023, 22:46

    “Bolalikda vaqt juda sekin o‘tayotgandek tuyuladi... va keyin bum! Qarabsizki, ellik yoshdasiz, zanglagan quticha esa yagona xotirangiz bo‘lib qoladi”. “Ameli” fil...

    20.09.2023, 00:17

    “Yo Xudo!.. Quti ichida nima bor?..” — “Yetti” filmi haqida

    29.09.2023, 23:35

    Toshkent xalqaro kinofestivalining dabdabali qizil yo‘lagidan reportaj (foto, video)

    30.09.2023, 09:22

    “Taksi” filmidagi Petra — aktrisa Emma Viklundning taqdiri qanday kechdi?

    29.09.2023, 18:11

    Ranbir Kapur 41 yoshda: Aktyor bo‘lishni istamagan va o‘zidan 11 yosh kichik aktrisaga uylangan Bollivud yulduzi haqida 

    29.09.2023, 15:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.