• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Yo Xudo!.. Quti ichida nima bor?..” — “Yetti” filmi haqida

    • O‘qish davomiyligi: 6-7 daqiqa
    • Film: “Yetti” (Se7en)
    • Yil: 1995
    • Janr: Drama, psixologik triller, detektiv
    • Rejissor: Devid Fincher
    • Davomiyligi: 2 soat 7 daqiqa
    •  Reyting: 8.6 (1.440.399)
    Filmdan kadr

    Fleshbek

    “Yetti” filmi Endryu Uolker tomonida yozilgan ssenariy asosida suratga olingan. Filmdagi asosiy qahramonlarni Bred Pitt, Morgan Friman, Kevin Speysi va Gvinet Peltrou ijro etishgan. Filmdagi voqealar iste’foga chiqishni rejalashtirayotgan Somerset seriaviy qotilliklarni amalga oshirayotgan jinoyatchi ishini olishdan boshlanadi. Unga yangi hamkor sifatida esa boshqa shahardan ko‘chib kelgan Millz tayinlanadi.

    Filmdagi sirli voqealar va kutilmagan yakun kinoning asosiy muvaffaqiyati hisoblanadi. Film “Oskar” ololmagan bo‘lsa ham, jami 29 ta katta sovrinni qo‘lga kiritgan va ko‘plab muxlislarning eng sevimli filmiga aylanib ulgurgan.

    Filmdan kadr

    Tugashiga atigi yetti kun qolgan edi…

    Nyu-York. 90-yillar. Yana bir qotillik izidan tushgan ikki tergovchi Uilyam Somerset (Morgan Friman) va Devid Millz (Bred Pitt) bir-birini endi ko‘rib turishibdi. Birga ishlash esa ikkisiga ham yoqib tushayotgani yo‘q. Ammo dastlab o‘zlari istamagan bu hamkorlik keyinchalik umrlarining oxiriga qadar xotiralariga muhrlanishini yetti uxlab tushlarida ham ko‘rishmaganligi aniq.

    Kartina boshida ikkalasi haqida Fincher to‘liq tushuntirish bermaydi, faqat tomoshabinga ma’lum bo‘lgan narsa — ancha yillar beminnat xizmat ko‘rsatgan politsiyachi Somerset va nihoyat yetti kundan so‘ng faoliyatini yakunlab, nafaqaxo‘rlik davrini munosib qarshilamoqchi. Biroq, Frimanning qahramoni tez orada karyerasini yakunlash uchun noto‘g‘ri vaqt tanlaganini tushunib yetadi — o‘sha yetti kun uning hayotini izdan chiqarib, minglab tugun bog‘lagan muammolarga ro‘para qiladi.

    Voqea politsiya qorong‘i va har yog‘ini isqirt suvaraklar bosib ketgan kvartirada o‘ldirilgan odamning jasadini topishdan boshlanadi. Avvaliga ular marhumni shunchaki yurak xurujidan vafot etgan degan qarorga kelishadi, chunki 300 kg vaznda sog‘lom yurakni saqlab yurish suv to‘la piyola bilan yugurishdek mushkul ish edi. Ammo keyin ma’lum bo‘ladiki, sho‘rlik xomsemizni shafqatsizlarcha o‘ldirib ketishgan.

    Manyak baqaloqni chirmab bog‘lagan, o‘lguniga qadar ovqatlantirgan, xullas, bir odam hayot-mamotini o‘yin qilgan — sho‘rlikni xotirjamlik bilan asta-sekin o‘ldirib borgan. Detektiv Somerset jasadning uyidan qotilning antiqa ishorasi, yozuvni topadi: “Badnafslik”. Uilyam bu qurbon yagona emasligini, o‘rtada allaqanday dahshatli zanjir borligini fahmlaydi.

    Filmdan kadr

    Yetti qurbon va yetti gunoh

    Bu orada yosh sherigi detektiv Millz bilan chiqishmay qoladi. Millz unga yetarlicha baho berishmayotgani, ishonmayotgani va Somersetning unga nisbatan shaxsiy adovati borligini oshkora namoyon qilayotganini aytib noliydi. Faqatgina uning xotini Treysi oraga aralashib, ikki sherikni murosa qilishga ko‘ndiradi — Treysi Uilyamni uylariga mehmonga chaqirgach, Millz qariyaga nisbatan fikrini o‘zgartiradi.

    Keyingi qurbon Nyu-yorklik mashhur advokat bo‘lib chiqadi. Kabinetdagi jonsiz tanasi yaqinidan yana qon bilan yozilgan yozuvni topishadi: “Tamagirlik”. Somerset birinchi bo‘lib manyakning aqlbovar qilmas rejasini sezib qoladi. U, aniq bo‘lishicha, tanlangan yettida odamni o‘ldirmoqchi va bu bilan to‘xtab qolmoqchi emas. Uilyam uni tezroq topish kerakligi, bo‘lmasa qurbonlar soni oshib boraverishini ko‘p bora ta’kidlaydi, ammo o‘zi bu ish bilan shug‘ullanishni xohlamay, Millzga topshirmoqchi bo‘ladi.

    Qotil uchinchi qurbon qilib baxtiqaro Teodor Allenni tanlaydi. Ruhiy nosog‘lom bo‘lgan bu narkoman zo‘rlash aybi bilan sudlangan edi. Dastlar detektivlar bundan oldingi qurbonlar qotili Teodor bo‘lsa kerak, degan qarorga kelishadi, ammo bu haqiqiy manyakning shunchaki navbatdagi qurboni edi.

    Filmdan kadr

    To‘rtinchi va beshinchi qurbonlar ayollar bo‘ladi. Biri qotil tomonidan pichoq bilan zo‘rlab o‘ldirilgan fohisha, yana biri esa manyak o‘limidan oldin yuzini tanib bo‘lmas darajaga keltirib tashlagan maftunkor aktrisa. Bir necha chigalliklardan so‘ng ishda ozgina siljish bo‘ladi. Qotilning bu g‘alati ishlari xristian dinidagi “7 o‘limga mahkum gunohlar” (Seven deadly sins)ga bog‘liq ekanini aniqlashadi. Bu bog‘liqlikdagi yettinchi o‘lim holati esa kutilmagan yakun bilan tamomlanadi.

    Uilyam dindan yaxshi xabardor odam kutubxonaga tez-tez tashrif buyurib tursa kerak, deb qotilliklar sodir bo‘lgan yaqin atrofdagi kutubxonalarni surishtirib, qotil ismi va yashash manzili haqida ma’lumot to‘plashga erishadi. Ma’lum bo‘lishicha, aqldan ozgan manyak Jon Dou ismli odam bo‘ladi. Detektivlar unga bildirmay oldiga kelishadi, biroq kutilmaganda manyak ular bilan koridorda to‘qnash kelib qolgach, jon-jahdi bilan qochadi. Politsiyachilar unga o‘q uzishadi. Millz esa jarohat oladi. Jon Millzni o‘ldirishga imkoni bor bo‘lsa ham, unga teginmay, qurolini olib gumdon bo‘ladi.

    Filmdan kadr

    Yig‘lab yozilgan yakun

    Mills va Somerset manyakni qayta topishga endi umid qilmasa ham bo‘ladi degan qarorga kelishgan payti Douning o‘zi to‘satdan ularga ko‘rinish berib, adolat oldida taslim bo‘lganini aytadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yana ikkita qurbonlik bor, shunda jami yettida bo‘ladi. Jon Dou detektivlarni o‘ldirilgan odamlar oldiga olib borishga va’da beradi va jinoyatchi aytgan joyga borishadi. Cho‘lning o‘rtasida to‘xtab, Dou detektivlardan soat necha ekanligini so‘raydi. Yetti bo‘lganini eshitib, oz qoldi, deydi.

    Biroz vaqt o‘tib, bir furgon ularga yaqinlashadi, undan bir yigit chiqib, detektiv Millz uchun yetkazilishi kerak bo‘lgan qutini topshiradi. Somerset qutini ochadi va qo‘rqib ketadi. Dou Millzga xotinini o‘ldirganini, u uni va hali tug‘ilmagan bolasini tirik saqlashni yolvorib so‘raganini va endi uning boshi shu qutida ekanligini aytadi.

    Somerset Millzdan Douni o‘ldirmaslikni iltimos qiladi, chunki u aynan “shu narsani xohlaydi”. Douning o‘zi Millzdan so‘raydi: “meni o‘ldir, yettinchi gunohga aylan. G‘azabga aylan!”.

    Shokka tushgan Millz Douga bir necha bor o‘q uzib uni o‘ldiradi.

    Filmdan kadr

    Xulosa va nom masalasi

    Bu kino uchun xulosa qilib aytganda, deb boshlanadigan an’anaviy yechimlar ish bermaydi. Kinodagi hissiyot, g‘azab, alam, asabiylik, chigallik shu darajadaki, tishlaringiz g‘ichirlab tomosha qilasiz, so‘nggida Millz bilan birgalikda yig‘laysiz. Bu kino xulosasini hamma o‘z xohishicha chiqarib olishi mumkin. Kim uchundir bu film Agata Kristi asarlarini eslatadigan sirli jinoiy hikoya, kim uchundir esa psixologik trillerdan ortiqroq narsa. Men taqriz oxirida bu haqida emas, kinoning nimaga aynan yetti deb nomlanishi haqida to‘xtalib o‘tmoqchiman.

    Yetti deb nomlanishiga sabab faqatgina o‘limga mahkum qilingan yetti gunohkor emas, balki kinodagi barcha narsalar, voqealar, ishoralar yetti soni bilan bog‘liqligi uchun shunday atalgan. Kino boshida Uilyam nafaqaga chiqishiga yetti kun qoladi, lekin mana bu o‘zi ham xohlamaydigan ish chiqqach, majbur ishlaydi, ya’ni taqdir nima sovg‘a tayyorlab qo‘yganini juda yaxshi bilsa-da, unga qarshilik ko‘rsatmaydi.

    Millz Somersetni soat yettida ovqatlanishga chaqiradi va aynan shu vaqtda detektivlar xarakteri bizga ayon bo‘la boshlaydi, ikkisining o‘rtasida esa juda yaxshi munosabat o‘rnatiladi. Dou soatni so‘raganda ham yetti bo‘lib chiqadi. Bundan kelib chiqadiki, (zohiran olib qaraganda) manyak hammasini yillar davomida, hech bir reja liniyasini chetlab o‘tmay, bu dahshatli qotilliklarga puxta tayyorlangan. Filmning umumiy xulosasini esa tomoshabinlarga qoldiramiz. Harqalay, chaynab berilgan mag‘izdan sindirib yeyilgani totimliroq bo‘ladi.

    Foto: Artmovies

    Kinodan iqtiboslar

    • Odamlar seni eshitishini xohlasang — ularni yelkasiga qo‘lingni qo‘yib e’tibor talab qilish yetarli emas. Ularga bolta bilan zarba bermaguningcha senga e’tibor berishmaydi!
    • Heminguey bir vaqtlar, dunyo — yaxshi joy va u kurashish uchun doimo arzirli, deb aytgan edi. Men ikkinchi qismiga qo‘shilaman…
    • Hattoki muammoning yechimiday tuyulgan kalit odatda boshqa muammolarga eshik ochadi.
    • Quti ichida nima bor!?

    Azizbek Yusupov

    29.09.2023, 23:35   Izoh (0)   11562
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Sen egalik qilayotgan narsalar vaqti kelib senga egalik qilishni boshlaydi…” — “Jang klubi” filmi haqida

    22.06.2023, 23:40

    “Narigi dunyoga tirik holda o‘tish yo‘lini topsang ham, o‘z vijdoningdan qochib qutulolmaysan! O‘zingdan qanday qochasan?..” “Mashinist” filmi haqida

    05.08.2023, 23:30

    “Biz askarlarga boshqalarni o‘ldirishni o‘rgatamiz, lekin samolyotga ‘la’nati’ deb yozishsa, ularni axloqsiz deb ataymiz!” — “Bugungi Apokalipsis” filmi haqida 

    10.09.2023, 08:04

    “Taksi” filmidagi Petra — aktrisa Emma Viklundning taqdiri qanday kechdi?

    29.09.2023, 18:11

    Ranbir Kapur 41 yoshda: Aktyor bo‘lishni istamagan va o‘zidan 11 yosh kichik aktrisaga uylangan Bollivud yulduzi haqida 

    29.09.2023, 15:55

    Dambldor, Hagrid, Malfoy va “Garri Potter”ning hayotdan ko‘z yumgan boshqa qahramonlari (foto)  

    29.09.2023, 11:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.