• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Sen egalik qilayotgan narsalar vaqti kelib senga egalik qilishni boshlaydi…” — “Jang klubi” filmi haqida

    Fleshbek

    Chak Palanik kabi yozuvchilarning asarlari hali ancha vaqt o‘zbek tiliga tarjima qilinmasa kerak. Ayniqsa, “Jang klubi” (Fight club) romani “ma’naviyat patrullari”ning qon bosimini oshirib yuborishi hech gap emas. Axir asarni boshdan oyoq kontr-kultura egallagan.

    Nima bo‘lganda ham, kapitalistik rejimdan charchagan har bir odamga (“hammaga” desam ham bo‘lardi, biroq pulni pulga urayotgan korchalonlar bu rejimdan o‘lgunicha bezillamasa kerak) ushbu roman asosida 1999-yilda rejissor Devid Fincher tomonidan ishlangan kinoni ko‘rishni tavsiya qilgan bo‘lardim. Demak, ushbu taqriz ko‘rmaganlar uchun “shpargalka-spoyler”, ko‘rib to‘liq tushunmaganlar uchun esa qo‘shimcha tahlil bo‘ladi.

    Ikki og‘iz kino haqida

    “Fight Club” premyera qilingan vaqtida kinotanqidchilar tomonidan sovuq qarshi olingan va kassada muvaffaqiyatsizlikka uchragan filmlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turgan. Biroq vaqt o‘tishi bilan kino shu qadar ommalashib ketdiki, filmdagi birlamchi g‘oya jamiyatda e’zozlangan e’tiqod kabi oliy maqom darajasiga chiqdi. Chunki 1999-yillarda odamlar hali to‘liq robot kabi ishlab, umumaxloqqa bo‘ysunishdan charchamagan paytlar edi. Bu kino esa o‘shanda tomoshabinlarga tinchgina aravasini tortib yurgan odamni allaqaysi bezori kelib, do‘pposlab, pulini o‘marib ketgandagi kayfiyatni uyg‘otgan bo‘lsa, ajabmas. Oradan yillar o‘tib, mana, endi Devid Fincher, aslida, bizga nima demoqchi bo‘lganini tushuna boshlayapmiz.

    “Fight Club” filmining qisqacha ma’nosi shundan iboratki, o‘zi bilan kurashish yo‘liga kirgan har bir kishi oqibatda o‘z-o‘zini yo‘q qiladi. (Bu yerda nafsni yengish nazarda tutilmayapti) Bu Amerika orzusining tanazzuli, ichimizdagi mojaro, jamiyatning xurofiy odatlari va davr yaratib bergan qoidalarga, g‘oyalarga qarshi kurash haqidagi film.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Asila Umarova

    Sujet rasshifrovkasi

    Film kinoteatrlarda bir necha yil o‘tib, yana qayta qo‘yilgach, tomoshabinlar to‘satdan yigirmanchi asrning ikkinchi yarmini sarhisob qilib, uning ruhiy va moddiy inqirozlari, inson istaklariga qarshi harakatlari, ziddiyatlar aks ettirilganini payqab qolishadi. Shundan so‘ng hammasi boshlanadi: yoshlar “O‘z-o‘zini yo‘q qilish — bizning maqsadimiz!”, “Biz ayollar tomonidan tarbiyalangan erkaklar avlodimiz!” singari shiorlar bilan ko‘chaga chiqishadi.

    Bir qarashda, 10-15 ta mushtlashuv, bir nechta statusli gaplar, grafikasi unchalik ham mukammal chiqmagan portlashlar bor bo‘lgan ushbu kinoning nimasi zo‘r, deyishingiz mumkin, ammo hamma narsa biz o‘ylagandek oddiy bo‘lganida, bu film haqida millionlab sharhlar yozilmagan bo‘lardi.

    Dastlab tomoshabin hikoyachi bilan tanishadi. Uning ismi yo‘q, shunchaki hikoyachi. Bu o‘rta qatlam vakili bo‘lgan erkak avtomobil korporatsiyasida ishlaydi. Biroq ishidan zavq topolmaydi. Hammasi yaxshiroq yashashi, kreditlarni vaqtida to‘lashi va odamlarning e’tiboridan chetda qolmaslik uchun qilingan ortiqcha kuchanish edi. Natijada uning psixikasi charchaydi, miyasi toliqadi, uyqusizlikka duchor bo‘ladi. Shifokorlar unga qattiq dardga chalingan bemorlarning o‘zaro hasratlashadigan guruhiga a’zo bo‘lib, u yerdagi iqrorlarni tinglashni maslahat berishadi.

    Hikoyachidagi mavjud umr juda zerikarli, u butun boshli hamjamiyat axloq-u qoidalari ustiga qurilgan. Qizig‘i, “Jang klubi”da bir necha joyda portlashlar sodir etgan qo‘zg‘olonchilar hech vaqosi yo‘q qashshoqlar emas, o‘rta qatlam odamlari edi. Ularda o‘zini qoniqtiradigan oylik (faqatgina o‘zini) va o‘sha oylikka sotib olish mumkin bo‘lgan mahsulotlar bor edi. Ular atigi bir narsagagina egalik qilisha olmasdi — shaxsiy istaklariga.

    Xullas, hikoyachi o‘sha o‘lim yoqasidagi dardmandlar orasida Marla Singerni uchratib qoladi. O‘ziga o‘xshagan tushkun kayfiyatdagi, g‘alatiroq ayol. Ikkisining o‘rtasida bo‘lib o‘tgan qisqa suhbat juda tez munosabat o‘rnatishga yordam beradi. Keyin u o‘zi aytganidek “bir martalik do‘st” Tayler Derden bilan ko‘rishib qoladi. Ikkita qobiqdan chiqishga urinayotgan odamlar birdan o‘zlari xohlab, mushtlashib ketishadi. Ko‘chadan o‘tgan ketganlar ularga qiziqib, kuzata boshlaydi. Bir tarafda g‘ayrioddiy tasodif bilan hikoyachining uyi yonib ketadi. Aniqrog‘i, portlaydi. Keyin u Tayler yashaydigan xaroba joyga boradi. Ikkisi yana ochiq joyda mushtlashadi. Hech qanday qo‘lqoplar, kiyimlar, xavfsizlik buyumlarisiz. Ular hayot yetkizgan jarohatga shu tarzda alam bilan javob qaytarishadi. Tez orada mushtlashuv o‘rta sinf vakillari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va shunday qilib, haqiqiy jang klubi boshlanadi.

    O‘sha xarobazorda “jang klubi”ning bosqichma-bosqich shakllanishi boshlanadi. Bu klub shunchalik tez ildiz otadiki, ko‘p vaqt o‘tmay katta-katta shtatlar, okruglarga shunga o‘xshash klublar tashkil qilina boshlaydi. Jangchilar bir maqsad yo‘lida birlashadi. Keyinchalik u “Tor-mor” loyihasiga aylanadi — film oxirida shaharda bir qator portlashlar amalga oshiriladi, odamlar qarzsiz yangi hayot boshlashi uchun eng katta banklar kunpayakun qilinadi.

    Bu vaqtda Marla obrazi muhim ahamiyat kasb eta boshlaydi. Hikoyachi va Marla saraton bilan og‘rigan anonim bemorlar uchrashuvidan keyin ko‘p-ko‘p uchrashadigan bo‘ladi. Aniqrog‘i, Tayler uchrashadi — hikoyachi faqat nima bo‘layotganini kuzatadi.

    Tayler? Unda hikoyachi kim deysizmi? Tayler, aslida, alohida bir shaxs emas. U hikoyachining alter-egosi, uning erkaklik jihati. Hikoyachi hammasining boshida Tayler turibdi deb o‘ylaydi, aslida uning o‘zi kapitalizm yuzidagi qonlarini shimib olgan, o‘tgan kunidan nihoyatda bezillaydigan millionlab odamlar to‘dasini yig‘gan to‘daboshi bo‘lib chiqadi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Asila Umarova

    Aralash biroq ishonchli tahlil

    Finalda hikoyachi va Marla bir-birlarining qo‘llarini ushlab, qulayotgan osmono‘par binolarga tikilib turishadi. Bu ayol va erkakning birlashishidagi yaratilish va tafakkur belgisi. (nikoh va bolalar) Ya’ni, bundan anglashiladigan ma’no: chinakam erkinlik sevgida.

    Ammo yana bir talqin bor: ba’zi sharh va tahlillarda Marla Singer bosh qahramonning shaxsiyatlaridan biri — uchinchi shaxsiyati bo‘lishi mumkinligi aytilgan. Masalan, Marla tabletkalarni qabul qilganda, Taylerga qo‘ng‘iroq qilib, undan yordam so‘raydi va Tayler o‘ylab o‘tirmasdan uni qutqaradi. Taylerning bu xatti-harakatlarini kuzatib turgan hikoyachi hayron bo‘ladi: Qanday qilib Tayler kabi odam kimningdir hayotini saqlab qolish uchun o‘ylab o‘tirmay madadga shoshildi?” Hammasi oddiy: tabletkani ichib, o‘lim yoqasida yotgan hikoyachining o‘zi edi va uning o‘zi Taylerga (gallyutsinatsiyada shunday bo‘lgan, aslida, shifokorlarga) qo‘ng‘iroq qilib chaqirgandi. Alter-ego — Tayler faqat o‘z xavfsizligi haqida qayg‘urardi, chunki agar hikoyachining umri bitsa, Tayler ham g‘oyib bo‘lardi.

    Demak, yana bir narsa aniq: Tayler hikoyachining eng kuchli erkaklik shaxsiyati bo‘lsa, Marla unda yashash uchun chiranayotgan nazokat, ayollik shaxsiyati. Marla va Tayler bir-biridan ustun bo‘lish uchun raqobatlashadi. Tayler hikoyachiga undan qutulish kerakligini doim eslatib turadi.

    “Ixtiyorimizdagi barcha narsani yo‘qotganimizdan so‘ng, chinakam erkinlikka erishamiz…”

    “Jang klubi”dagi sahnalarda ko‘rib, garchi bevosita aloqadorligi yo‘qdek tuyulsa-da, negadir Nitsshe esimga keldi. Nega? Hozir tushuntiraman. Filmning “shiori” quyidagicha: “Ixtiyorimizdagi barcha narsani yo‘qotganimizdan so‘ng, chinakam erkinlikka erishamiz!”. Filmning markazida o‘z-o‘zini yo‘q qilish g‘oyasi bor: seni dunyo bilan bog‘laydigan hamma narsadan voz kechasan va shundan keyingina haqiqiy erkinlikka erishasan.

    Nima uchun aynan o‘rta sinf vakillari qo‘zg‘olon ko‘tardi? Bu standartlashtirishga, zamonaviy jamiyat odamining bir o‘lchovliligiga qarshi isyon — bir xil hayotga, bir xil ichki biqiqlikka ega bo‘lgan bir xil kvartiralarga qarshi kurash!

    Isyon birinchi navbatda moddiy ozodlik darajasida sodir bo‘ldi. (Qadam-baqadam erishiladi ozodlikka, birdan to‘liq erkinlikka inson jussasi dosh berolmaydi, deyiladi kinoda) Birinchi muhim yurish bosh qahramonning kvartirasidagi portlashdir: hikoyachi bor-budidan mahrum bo‘ladi, ya’ni uyni uning o‘zi portlatadi.

    Uy yo‘q. Endi-chi? Endi inson o‘zining barcha axloqiy qadriyatlaridan voz kechishi kerak. Aniqrog‘i, u tom ma’noda o‘zini dunyo bilan bog‘liq barcha aloqalardan — odamni umumiy tizimning bir qismiga aylantiradigan jamiki qoidalar va konvensiyalardan xalos qilishi kerak.

    Ammo o‘zingizni to‘liq erkin his qilishingiz uchun siz insonlik qobig‘ini ham buzishingiz kerak va bu Taylerning falsafasiga ko’ra, og’riq orqali amalga oshiriladi. (Qonli mushtlashuvlar nazarda tutilmoqda)

    Xo‘p, to‘liq erkinlik uchun yana nima yetishmayapti? Xudodan ozodlik! (Albatta, asar g‘oyasidan kelib chiqib aytyapman) Nitsshe “Zardo‘sht tavallosi”da “Xudo o'ldi!” deydi. Filmda Tayler meni tashlab ketgan, deya, otasi va Xudoni taqqoslaydi — Xudo insoniyatni tark etganidek, ota o‘g‘lini tashlab ketdi.

    Bu fikr Nitsshe g‘oyasiga juda mos keladi. Uning ma’nosi quyidagicha: “Xudo bu dunyoni tark etdi va biz bu yerda yolg‘iz qoldik, har qanday tashqi boshqaruvdan (manipulyatsiyadan) ozod bo‘ldik”.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Asila Umarova

    Xulosa

    Film yakunida hikoyachi Tayler uning alter-egosi ekanligini anglab yetdi. U undan eng ibtidoiy, ammo samarali tarzda, qurol yordamida xalos bo‘lishga qaror qildi — o‘zini o‘zi otib tashladi...

    Filmda hamma narsa noaniq. Besh daqiqa xayolingiz bo‘linsa, tamom, mantiq ipini yo‘qotib qo‘yasiz. Oxirida hikoyachi Marlaning qo‘lidan ushlab, binolarning qulashini tomosha qiladi. Bunday xotimani alter-ego ustidan g‘alaba deb hisoblash mumkin. Aytgancha, Palanikning o‘zi ham filmning yakuniy qismini yoqtirar ekan.

    Kinodan iqtiboslar

    — O‘ttiz ming fut balandlikdagi chiqish eshigi — xavfsizlik illyuziyasi xolos.

    — Odamlar o‘zlarining matohlariga qul bo‘lgan mavjudotlardir.

    — Bu sening hayoting va u daqiqa sayin qisqarib bormoqda…

    Azizbek Yusupov

    22.06.2023, 23:40   Izoh (1)   14438
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. 1943791625@telegram.org / 23.06.2023, 11:51

      Men bu kinoni kurganman tugrisi uncha tushunmaganman, bu spoylerdan keyin ancha tushunib oldim. Kattakon rahmat!

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Vaqtida so‘ralmagan erk tashnaligi, beg‘uborlik qobig‘i va ko‘zgudagi haqiqat. “Qora oqqush” filmidagi ishoralar talqini

    19.05.2023, 10:30

    “Ba’zida azaliy orzusiga erishish harakatida odam maxluqqa aylanadi...” — Nolanga “afsungar” maqomini olib kelgan “Prestij” filmi haqida

    17.06.2023, 23:30

    Muvaffaqiyatsiz chiqishiga qaramay, filmlardan kesib tashlanmagan mashhur kadrlar (video) 

    22.06.2023, 16:43

    “Narniya saltanati”, “Garri Potter” va boshqa mashhur filmlar haqida qiziqarli faktlar

    21.06.2023, 14:28

    Tokioda “Garri Potter”ga bag‘ishlangan dunyodagi eng katta yopiq park ochildi (video)

    20.06.2023, 20:25

    Kinotavsiya: Birinchi soniyasidan to so‘ngiga qadar tomoshabinni ekran qarshisiga mixlab qo‘yadigan yangi turk seriallari

    20.06.2023, 19:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15

    O‘zbekistonda yil boshidan buyon qancha noqonuniy chiqindi tashlash holati aniqlandi?

    O‘zbekiston | 10 may, 22:00

    Superliga. “Bunyodkor” so‘nggi daqiqalarda gol urib, “Nasaf” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 10 may, 21:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.