Toshkent shahar Mirobod tumanida yo‘lovchi avtobus beton ustunga borib urildi. Holat yuzasidan YHXB ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, holat 28-sentyabr kuni soat 13.20 larda Mirobod tumani Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1998-yilda tug‘ilgan A.F. boshqaruvida bo‘lgan Saz-Le 60 rusumli avtobusni boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, beton ustunga borib urilgan.
Yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohat olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)