Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal kansleri Olaf Sholsning taklifiga binoan 28-sentyabr kuni tashrif bilan Berlin shahriga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
![](/static/Taqdirlov/gp.jpg)
Berlin—Brandenburg xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Berlin federal o‘lkasi ichki ishlar, raqamlashtirish va sport vaziri Iris Shpringer hamda boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Ertaga, 29-sentyabr kuni O‘zbekiston yetakchisi Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlari sammitida ishtirok etadi, Federal prezident Frank-Valter Shtaynmayer va Federal kansler Olaf Shols bilan muzokaralar o‘tkazadi.
![](/static/Taqdirlov/gpp.jpg)
Tashrif dasturidan ishbilarmonlik tadbirlari ham o‘rin olgan.
![](/static/Taqdirlov/gpg.jpg)
Izoh (0)