Qonunchilik palatasi deputatlari kameralarni tartibga solish bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosariga so‘rov yubordi.
Qonunchilik palatasi spikerining so‘zlariga ko‘ra, haydovchi radarlar qayerdaligini bilmay turib javobgarlikka tortilishi noto‘g‘ri. Haydovchi kameralar qayerda borligidan ogohlantirilishi kerak. Shundagina uning huquqi taʼminlangan bo‘ladi.
“Qoida bo‘yicha haydovchi yo‘nalishga chiqqanda qo‘lidagi telefon orqali qayerda radar borligini bilishi kerak. Shundan keyin biz haydovchi huquqini, erkinligini taʼminlagan bo‘lamiz. Bir joyga berkitib qo‘yilgan yoki mashinalar ichiga qo‘yilgan kameralar to‘g‘ri kelmaydi. Mayli qo‘ysin, lekin haydovchiga shuni aytish kerak. Aks holda u javobgarlikka tortilishi noto‘g‘ri.
Bizda qonunimiz yo‘q. Shuni keyinchalik qonun darajasida mustahkamlab qo‘ysak, yaxshi bo‘lar edi”, — degan spiker.
Izoh (0)