Bugun, 19-sentabr kuni Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis avvalida palata spikeri Nuriddin Ismoilov hududlardan turib videokonferensiya orqali ishtirok etayotgan deputatlar ham borligini aytib, deputlarni ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Qonunchilik palatasidan 103 nafar (keyinroq yana 2 nafar deputat kelib qo‘shildi), Qashqadaryo viloyatidan 3 nafar va Xorazm viloyatidan turib 6 nafar deputat ishtirok etayotgani maʼlum bo‘ldi.
Kuna tartibidagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Respublika ijro etuvchi organlarining nomlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi moddalariga umumiy ovoz berish so‘raldi.
Shunda Xorazm viloyatidan qatnashayotgan deputatlarning roziligi so‘ralganida, studiyadan turib 6 nafar deputat roziligi aytildi. Spiker Nuriddin Ismoilov Xorazmdagi studiyada uncha odamni ko‘rmayotganini aytib, eʼtiroz bildirdi.
— Xorazm viloyatidan ishtirok etayotgan deputatlar?
— 6 nafar deput rozi.
— Nimagadir oltida deputat ko‘rmayapmiz-ku u yerda?
— Hurmatli spiker, hozir uchtasi yetib kelyapti, yo‘lda, kelib qoladi.
— Unaqa demanglar. Borini aytinglar. Kamaytiringlar, unaqa bo‘lmaydi.
Shundan so‘ng, ekrandagi ovozlardan 3 nafar deputatning javobi olib tashlandani. Qonun ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.
Izoh (0)