Bugun, 18-sentabr kuni Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning 4-majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda bosh vazir matbuot kotibi xabar berdi.
Hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikning keng ko‘lamli masalalarini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning 3-majlisi 2022-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda ikki mamlakat hukumatlari rahbarlari ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan o‘ndan ortiq hujjatni imzolagan.
Shavkat Mirziyoyevning Vladimir Putin bilan 2023-yil 9-avgust kuni o‘tkazilgan telefon orqali muloqotida O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilingan edi.
Izoh (0)