Suriyaning Tartus provinsiyasida bir necha portlashlar sodir bo‘ldi. Bu haqda Al Mayadeen telekanali xabar berdi.
Telekanal voqea tafsilotlariga aniqlik kiritmagan.
Al Hadath kanalining xabar berishicha, viloyatda joylashgan Livan Hizbulloh partiyasiga tegishli omborlar o‘qqa tutilgan. Hodisa oqibatida uch kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.
Rasmiy Damashq hozircha bu ma’lumotga izoh bermagan.
Ma’lum qilinishicha, Rossiya harbiy-dengiz kuchlarining 720-logistik ta’minot punkti Tartus portida joylashgan.
Izoh (0)