AQSH Harbiy-havo kuchlari vaziri Frenk Kendall mamlakat harbiy kuchlarini optimallashtirishga va Xitoy bilan qurolli mojaroga tayyor turishga chaqirdi. Vazirning qayd etishicha, Xitoy 20 yildan beri o‘z harbiy qudratini oshirmoqda.
“Biz hali tajribaga ega bo‘lmagan urushga tayyor bo‘lishimiz kerak. Xitoy so‘nggi 20 yil ichida o‘z qurollarini jadal rivojlantirmoqda va endi ular asosiy muammoga aylandi”, — dedi Kendall.
Vazir agar AQSHning imkoniyatlari “Xitoyning Tayvanga yoki boshqa joyga qarshi agressiyasini to‘xtatish uchun” yetarli bo‘lmasa, urush boshlanishi mumkinligidan ogohlantirdi. Biroq, uning ta’kidlashicha, “urush muqarrar emas”.
Vazir AQSH Harbiy-havo kuchlari va kosmik kuchlarini modernizatsiya qilish zarurligiga ishora qilib, Xitoy kibersohada axborot ustunligini taʼminlash uchun mo‘ljallangan aerokosmik va strategik qo‘llab-quvvatlash kuchlarini yaratgani va takomillashtirib borayotganini eslatib o‘tdi.
AQSH razvedka idoralarining ta’kidlashicha, tobora ko‘proq Xitoy fuqarolari AQSH harbiy bazalariga kirishga harakat qilmoqda. o‘tgan yillar davomida 100 dan ortiq bunday holatlar qayd etilgan.
Izoh (0)