Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush iste‘foga chiqarildi.
“Hamkorlikni tugatayotganimizga qaramasdan, Polsha terma jamoasida ishlaganimdan faxrlanaman. Meni yaxshi qabul qilgani uchun Polsha va uning xalqiga minnatdorchiligimni bildiraman”, — deydi portugaliyalik mutaxassis.
Santush joriy yilning yanvar oyida terma jamoa boshqaruviga o‘tgan edi. Uning qo‘l ostida Polsha Yevro saralash bosqichida 2 ta g‘alaba va 3 ta mag‘lubiyat qayd etdi.
Polsha E guruhida 5 turda 6 ochko jamg‘argan holda oxirgidan bitta yuqori egallab turibdi. Moldova, Chexiya va Albaniya undan yuqorida, Farer orollari esa so‘nggi o‘rinda joylashgan.
Izoh (0)