Hans-Diter Flik Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi.
Nemis futbol uyushmasi 58 yoshli murabbiyni iste’foga chiqardi.
Flik qo‘l ostida Germaniya terma jamoasi so‘nggi 5 o‘yinning 4 tasida mag‘lubiyat va durang natijalar qayd etdi. 9-sentabr kuni terma jamoa Yaponiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Hans-Diter 2021-yildan buyon Germaniyani boshqarib kelayotgandi.
Hozirda, terma jamoa bosh murabbiyligi uchun Yulian Nagelsmann nomzodi asosiy favorit sifatida ko‘rilmoqda.
Izoh (0)