Ilon Mask AQSH Federal Savdo Komissiyasi qoidalarini buzib, X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter) ma’lumotlarning maxfiyligini xavf ostiga qo‘ygan bo‘lishi mumkin. Bu haqda AQSH Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Federal Savdo Komissiyasi (FTC) 11-sentabr kuni sudga da’vo arizasi kiritgan.
“Ilon Mask X Corp ustidan qattiq nazoratni amalga oshirgan va ba’zida xodimlarga ma’lumotlarning maxfiyligi va xavfsizligini buzishi mumkin bo‘lgan buyruqlar bergan”, — deb tushuntiradi AQSH Adliya vazirligi.
Federal Savdo Komissiyasi, shuningdek, tekshiruv davomida kompaniyada tartibsiz muhit hukmronligini aniqladi. Shundan kelib chiqib, Mask va boshqa menejerlar X Corp kompaniyasida tegishli talablarni bajarmay kelgani bo‘yicha shubhalar paydo bo‘lgan.
Izoh (0)