Sherzod Rahmonov Narpay tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 11-sentabr kuni Narpay tumanida bo‘lib o‘tgan sessiya ishida Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov so‘zga chiqib, tumanda olib borilayotgan ishlar, sektor rahbarlari va tuman tashkilotlari rahbarlari oldida turgan navbatdagi vazifalarga to‘xtalib o‘tgan.
Sessiyada deputatlar tomonidan tuman hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat olib borayotgan Sherzod Rahmonov Narpay tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan.
Shuningdek, Jamshid Nasriddinov Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Kattaqo‘rg‘on tumanida bo‘lib o‘tayotgan sessiya ishida deputatlar tomonidan Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat olib borayotgan Jamshid Nasriddinov Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan.
Avgust oxirlarida Samarqand viloyati hokimligi matbuot kotibi viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning boshqa ishga o‘tayotgani haqida tarqalgan xabarlar asossiz ekanini maʼlum qilgandi.
Izoh (0)