Toshkent viloyatining Ohangaron tumani hokimi Abdurasul Abdullayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan olindi. Uning o‘rniga tumanga yangi hokim tayinlandi.
![](/static/Otabek/photo_2023-08-12_11-09-36 (2).jpg)
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmatining “Daryo”ga bildirishicha, tumanga Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Muhitdinov Erkin Madorbekovich lavozimi munosib ko‘rilgan.
![](/static/Otabek/photo_2023-08-12_11-09-37 (2).jpg)
Erkin Muhitdinov 1976-yil Andijon viloyatining Andijon shahrida tug‘ilgan bo‘lib, 1997-yil Andijon iqtisodiyot boshqaruv institutini, 2000-yil Bank-moliya akademiyasini, 2007-yil Rivojlanayotgan iqtisodiyotlar instituti Oliy maktabi (IDEAS-JETRO, Yaponiya)ni tamomlagan.
![](/static/Otabek/photo_2023-08-12_11-09-35.jpg)
U faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha xizmati yetakchi konsultanti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha xizmati sho‘ba mudiri, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
![](/static/Otabek/photo_2023-08-12_11-09-36.jpg)
Tayinlovga qadar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelgan.
Izoh (0)