Navoiy kon-metallurgiya kombinati oltin ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinni egalladi, deb xabar bermoqda kombinat axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, Kanadaning Kitco xalqaro tahliliy markazi 2023-yilning birinchi yarim yilligida dunyodagi Top-10 ta eng yirik oltin ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ro‘yxatini e’lon qildi. Mazkur ro‘yxatga ko‘ra, Navoiy kon-metallurgiya kombinati 5-o‘rinni egallab, oltin ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchilardan biri bo‘ldi.
Joriy yilning 1-yarim yilligida kombinat tomonidan 1,425 million unsiya oltin ishlab chiqarilib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga oshgan. Shuningdek, dunyodagi eng yirik oltin konlaridan biri hisoblanadigan “Muruntov” koni NKMKga tegishli ekanligi qayd etildi.
Izoh (0)