Rossiyaning “Pobeda” aviakompaniyasi O‘zbekistonga yangi yo‘nalishlarda muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.

“O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan 6-sentabr kuni ushbu aviakompaniyaga Yekaterinburg— Samarqand—Yekaterinburg va Novosibirsk—Samarqand——Novosibirsk yo‘nalishlarida muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsat berildi.
21-aprel kuni “Pobeda” loukosteri Moskvadan Samarqandga qatnovlarni yo‘lga qo‘ygandi.
Izoh (0)