• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qarshida bankirlar xatosi sabab 450 mln so‘mlik kredit puli “uxlatildi”. Bank bu pulni to‘lash uchun tadbirkordan yordam so‘ragani aytilmoqda

    Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi banklardan birida 2021-yil juda qiziq voqea ro‘y bergan. Kunduzi, tag‘inam bank xodimlarining yordami bilan soxta va yetarli bo‘lmagan hujjatlar orqali bankdan imtiyozli tarzda 450 million so‘mlik kredit mablag‘i chiqarilib, o‘sha kunning o‘zida aynan o‘sha bankning valyuta amaliyoti kassasidan 50 ming 450 dollar naqd valyuta ko‘rinishida olib chiqib ketildi. Ko‘p o‘tmay, bu ishning “isi chiqdi”. 

    Bu haqda “Daryo”ga xabar bergan tadbirkor Sharif Rahimovning aytishicha, mazkur kredit muammoli ekani, bankdan olingan kreditning garov ta’minoti yo‘qligi, hujjatlarda chalkashliklar borligi bank rahbariyatiga bir oy o‘tib ma’lum bo‘lgan. Shu sabab bank filialining o‘sha paytdagi boshqaruvchisi o‘rinbosari, tadbirkorning qarindoshi J.I. undan yordam so‘ragan. 

    Sharif Rahimov.
    Foto: “Daryo”

    J.I. uzoq qarindoshim bo‘lgan. Bir kuni ish yuzasidan bankka borib, u bilan uchrashib qoldim va Qarshida ekanini, “Ipak yo‘li” bankining viloyat filialida bank boshqaruvchisi o‘rinbosari sifatida ishlayotganini bildim. Shundan so‘ng u bizning uyimizga borib-kelib yurdi. Kunlarning birida u men bilan maslahatli ishi borligini, Qarshida mendan boshqa yaqin odami yo‘qligini aytib, ko‘rishaylik dedi. Ko‘rishganimizda bankdagi kreditlarning chiqishi, ularning rad etilishi bilan bog‘liq mas’uliyat uning zimmasida ekani, bank xodimlarining aybi bilan 4-5 ta kredit garov ta’minotisiz chiqib ketganini aytib, bu uning ishiga ta’sir qilishini ma’lum qildi.

    Respublikadan tekshiruv kelayotgani sabab 450 million so‘mlik garov ta’minotisiz chiqqan kreditni yopish uchun 400 million so‘m pul to‘lanishini, agar to‘lab bersam, “Shahri Kesh” MCHJ rahbaridan uzog‘i bilan bir oylik muddatda 10 foiz ustamasi to‘lab berish sharti bilan 400 million so‘mlik kreditni yopib berishimni so‘radi. Men unga ishonganim sabab o‘zimning 40 ming dollar pulimni so‘mga aylantirib, mavjud 8-9 million so‘m miqdoridagi pullarimni qo‘shib, 400 million so‘m qildim. “Mikrokreditbank”ning Qarshi filiali orqali “Shahri Kesh” MCHJning 400 million so‘mlik kreditini yopib berdim. Ammo va’dasiga vafo qilmagan J. shuncha vaqt o‘tsa-da, pulimni qaytarib bermadi. MCHJdan ham olib bermadi, — deydi tadbirkor Sharif Rahimov. 

    Tadbirkorning bildirishicha, u bu muammo sabab dastlab Qarshi shahar, so‘ngra viloyat prokuraturasiga shikoyat qilgan. Uning murojaatlari sabab holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari Qashqadaryo viloyat IIB Tergov boshqarmasi tomonidan olib borilgan. 

    Dastlabki tergov harakatlarini olib borgan Qashqadaryo viloyat IIB Tergov boshqarmasi bank siriga oid hujjatlarni so‘rab, bankka murojaat ham qilgandi. Barchasini o‘rganayotgan edi. Lekin ish menga noma’lum sabablarga ko‘ra, respublikaga Tergov departamentiga chaqirib olindi. Hamda ko‘p o‘tmay, jinoyat alomati yo‘q deb, yopib yuborildi, — deydi Sharif Rahimov. 

    “Daryo” muxbirining bu haqdagi savollariga javob bergan bankning sobiq mas’uli J.I. MCHJ mas’ullari va bankning bir nafar xodimi bank mas’ullarini aldab, soxta hujjatlar ko‘rsatib, aldov yo‘li bilan 450 million so‘mlik kredit o‘zlashtirilganini tasdiqladi. Ammo bu pullar bank xodimlari — o‘zi, bank boshqaruvchisi va notariusning shaxsiy pullari evaziga yopilganini, tadbirkor kredit uchun hech qanday pul to‘lab bermaganini aytmoqda. 

    Foto: “Daryo”

    J.I.ning aniqlik kiritishicha, bankning A.T. ismli xodimi Sh.A. ismli tadbirkor bilan til biriktirib, Rustam Jumanov rahbarligidagi MCHJga soxta hujjatlar bilan 450 million so‘mlik kreditni olishga muvaffaq bo‘lgan. 

    Biz kredit ta’minoti sifatida qo‘yilgan binoni borib ko‘rganimizda boshqa bir insonga tegishli bo‘lib chiqdi. Tikuv mashinalar olinib, sex bo‘ldi degan joyga borsak, u yerda ham hech narsa yo‘q. Xullas, muammo yuzaga keldi. Bu haqda respublikadan kelgan vakillarga ham aytdik. Ular bu muammoni qanday bo‘lmasin yopish kerak kreditni to‘lash kerak deyishdi, — deydi u.

    Sobiq mas’ulning ta’kidlashicha, tadbirkor Sharif Rahimov bilan uzoq qarindoshligi bor. Mazkur muammo yuzaga kelganda Sharif akadan maslahat olgani ham bor gap. Ammo tadbirkorning muammoli kreditni 10 foiz ustama evaziga o‘zi to‘lab bergani haqidagi iddaosi xato. 

    Sharif akadan mazkur masalada maslahat olganman. Va bu ko‘cha ishi bo‘lgani uchun biz pulni yopganimizdan so‘ng, o‘sha pulni undirib olish borasida yordam so‘radim. Sharif aka mazkur masalada bank xodimi A.T. bilan ham tadbirkor Sh.A. bilan ham gaplashib, pulni undirishga harakat qilgan. O‘sha paytda tadbirkor 450 million so‘mlik kreditni yopish uchun, yana 1 milliard so‘m kredit chiqarib berishni talab qildi. Rahbariyat 450 million so‘mlik kredit uchun, 1,5 milliard so‘m chiqim qilish o‘zini oqlamasligini aytdi.

    Shundan so‘ng men, bank boshqaruvchisi va notarius birgalikda muammoni yopishga harakat qildik. Men 50 million so‘m, notarius 160 million so‘m, bank boshqaruvchisi esa 190 million so‘m to‘lab, o‘sha paytdagi qarzdorlikni 400 million so‘m qilib yopdik. Faqat pulni o‘zimizning nomimizdan to‘lay olmasdik. Boisi biz bankning mansabdor shaxsi edik. Shunda bu ishlarga aralashib yurgan Sharif akaga aytib, yordam so‘radim. Shunda Sharif aka bu pullarni mening nomimdan to‘laymiz, keyinchalik men undirib olaman. Qancha undirsak ham harna dedi, — deydi vaziyat haqida gapirib bergan J.I. 

    J.I. gaplarining isboti sifatida bankka pul to‘lanayotgan paytda pulni o‘zi olib borganini, Sharif akaga o‘sha paytda SMS xabarnoma yozib, pulni kassirlar qancha vaqtda sanab bo‘lishini xabar berganini tasdiqlovchi skrinshotlar ham taqdim qildi. Mazkur xabarnomalarda J.I. Sharif Rahimovga “15 minutda sanab bo‘ladi”, deb yozgan bo‘lsa, Sharif Rahimov esa “pulni to‘lamasa, o‘zimiz to‘lashimiz kerak degan gapni chiqarmanglar, ochiq tursin bir muddat”, degan xabarlarni qoldirgan. 

    Muammoli holat sud tartibida ham ko‘rib chiqilgan, ammo natija yo‘q. Qarshi shahar prokuraturasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudiga da’vo ariza kiritgan bo‘lib, “Shahri Kesh” MCHJdan tadbirkor foydasiga 400 million so‘m miqdoridagi mablag‘ni undirib berishni so‘ragan.

    Sud MCHJ menga 400 million so‘m pulni to‘lab berishi kerakligi haqida qaror chiqargan. Lekin bu MCHJ bu pulni to‘lab beradigan imkoniyatga ega emas, — deydi tadbirkor. 

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    07.09.2023, 23:40   Izoh (0)   24088
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Samarqanddagi “O‘zbekiston agrooziq-ovqat salohiyati” ko‘rgazmasi

    07.09.2023, 23:21

    Prezident BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktorini qabul qildi

    07.09.2023, 22:42

    Foto: Oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyaning ilk kuni 

    07.09.2023, 21:55

    O‘zbekistonga Koreyadan investitsiyalar hajmi 7 milliard dollardan oshdi

    07.09.2023, 21:40

    Qonuniy nikohsiz turmush qurish, diniy nizo va jamoat joylarda yuzni to‘sganlik uchun javobgarlik­ — deputatlar yangi qonun haqida

    07.09.2023, 20:43

    Toshkentning ikki tumanida elektr taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi

    07.09.2023, 20:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Amerika aviakompaniyalari samolyotlarda Starlink xizmatini o‘chira boshladi

    Dunyo | 8 iyun, 23:55

    AQSH va Xitoy savdo bojlari borasida Londonda uchrashuv o‘tkazadi

    Dunyo | 8 iyun, 23:05

    Fransiya Germaniyani mag‘lub etib Millatlar Ligasi bronza medalini qo‘lga kiritdi

    Sport | 8 iyun, 22:38

    Fransiyada elektroskuter sabab yuzaga kelgan yong‘inda 4 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 8 iyun, 22:10

    Toshkent markazida “Salom, Mundial” supershousi bo‘lib o‘tadi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 21:52

    Shimoliy Koreyada may oyida muvaffaqiyatsizlikka uchragan kema qayta suvga tushirildi

    Dunyo | 8 iyun, 21:45

    O‘zbekiston va Qatar o‘yini sabab Toshkentning ayrim ko‘chalarida harakat cheklanadi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 21:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.