O‘zbekistondan xalqaro yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan parvozlar 2 barobar ko‘paydi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi axborot xizmati.
Unga ko‘ra, mamlakatda parvozlarni bajaruvchi xorijiy aviakompaniyalar soni tomonidan amalga oshirilayotgan parvozlar 2018-yilga nisbatan 2 barobarga ko‘payib xalqaro yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan jami parvozlarning 49 foizini tashkil qilmoqda.
Jumladan, 9-avgust kuni Qeshm Air aviakompaniyasi Tehrondan Toshkentga muntazam aviaqatnovlarni har chorshanba kunlari amalga oshirilishi kutilmoqda. Shuningdek, Azal Airways aviakompaniyasi Boku—Samarqand—Boku yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni tiklamoqda. Reyslar har payshanba amalga oshiriladi.
Izoh (0)