• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Gaz ishlab chiqarish hajmini oshirishga vaʼda beramiz — “O‘zbekneftgaz” tomonidan Qashqadaryoga press–tur tashkil etildi

    “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati jurnalist va blogerlar uchun Qashqadaryo viloyatiga press–tur uyushtirdi. Tadbir doirasida ishtirokchilar zamonaviy texnologiyalar asosida burg‘ulanayotgan konlar, tizimni raqamlashtrish bo‘yicha bajarilayotgan ishlar bilan tanishtirildi.

    Dastlabki manzil O‘zbekistondagi eng yirik neft-gaz konlaridan biri “Sho‘rtan” bo‘ldi. Maʼlum qilinishicha, konda bir qator yangi loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, 392-sonli quduqni burg‘ilash ishlari olib borilyapti. Rossiyaning “Gazpromneft” kompaniyasi bilan hamkorlikda burg‘ulanayotgan quduq chuqurligi qariyb 3 100 metr bo‘lishi rejalashtirilgan.

    “Hozirda quduqning zapis ishlari ketyapti. Loyiha bo‘yicha quduqni burg‘ulash 88 kunda nihoyasiga yetishi kerak. Ammo “Gazpromneft” mutaxassislari bilan quduqni 50 kun ichida, tezlashtirilgan holatda burg‘ulashga erishmoqchimiz”—deydi muhandis Maqsud Jumayev.

    Maqsud Jumayev
    Maqsud Jumayev

    “Sho‘rtan” konida 257 ta quduq mavjud. Ularning har biridan kunlik 80–120 ming kub metr gaz qazib olinadi. Yangi quduq (392-sonli) ishga tushgachach, undan ham shuncha hajmda gaz qazib olish nazarda tutilmoqda.

    Press–tur qatnashchilari “Sho‘rtan” konida raqamlashtirish yo‘lida amalga oshirilayotgan “E-kon” loyihasi bilan ham tanishtirildi. Xususan, kondagi 20 va 24-sonli gaz yig‘uv punktlariga tegishli quduqlar ko‘rsatkichlarini zamonaviy texnologiyalar orqali onlayn kuzatish imkoniyati yaratilgan.  “O‘zbekneftgaz” AJ departament boshlig‘i Aziz Rahmonovning takʼkidlashicha, mazkur uskunalar ish samaradorligini ancha oshiradi.

    Aziz Rahmonov

    “Bunday uskunalar o‘rnatishdan maqsad — gaz qazib chiqarish jarayonlarining barqarorligini taʼminlash, tezkorlikni oshirish, qazishda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etishdan iborat. Avvallari qazish jarayonida gaz kamayishi yuzaga kelsa, muammo tagiga yetish uchun mutaxassislar 1-2 kunlab vaqt sarflardi. Chunki har bir quduq yoniga borib, masalani joyida o‘rganish zarur edi. Bugun esa quduning bosimi, harorati bo‘yicha maʼlumotlar onlayn ravishda kelib turadi. Quduqlar holatiga shu yig‘ish joyidagi muhandis–operatorlar masʼul hisoblanadi. Joriy yil yakunigacha barcha quduqlarni raqamlashtiramiz”, — dedi mutaxassis.

    Maʼlumotlarga ko‘ra, “Ye-kon” loyihasi asosiy 4 yo‘nalishda amalga oshiriladi:

    • Quduqlarda bosim va harorat o‘lchov vositalarini o‘rnatish;
    • Tabiiy gaz sarfini o‘lchash imkonini yaratish maqsadida gaz yig‘uv joylarida Gazni dastlabki tayyorlash qurilmalarini (GDTQ) qurish;
    • Dasturiy taʼminot ishlab chiqish va joriy etish;
    • “E-kon” tizimini joriy etish doirasida “muhandis-operator” lavozimini yaratish.

    “O‘zbekneftgaz” AJ va “O‘zlitineftgaz” AJ o‘rtasida “E-kon” loyihasi doirasida konlarni raqamlashtirish tizimini loyihalash, jihozlash, qurish, o‘rnatish va joriy etish bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

    1500 ta quduqda bosim va harorat o‘lchov vositalari o‘rnatilib, “on–line” tarzda maʼlumot yig‘ish imkoniyati yaratiladi;80 ta gaz yig‘uv joyida tabiiy gazni tayyorlash va uning sarfini o‘lchash qurilmalari o‘rnatiladi;operatorlar faoliyati samaradorligini oshirish imkoniyati yaratiladi;barcha o‘rnatilgan qurilma va o‘lchov asboblaridan olinayotgan maʼlumotlarni tahlil qilish va boshqarish uchun yagona dasturiy taʼminot ishlab chiqiladi.

    Pilot loyiha doirasida Sho‘rtan, Muborak va Vodiy neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalarida umumiy 203 ta bosim o‘lchov, 110 ta harorat o‘lchov va 11 ta aloqa chiqaruv vositalari o‘rnatildi.

    “Sho‘rtan”ga safar doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi Bahodir Siddiqov jurnalist va blogerlar bilan muloqot qildi.

    Bahodir Siddiqov

    “Hozirda eng ko‘p gaz saqlaydigan omborimiz “Gazli”da. Ombor 3 milliard kub metr gaz saqlay oladi. U yerda yangi loyiha amalga oshiryapmiz va bu ko‘rsatkichni 4,5 milliard kub metrga olib chiqdik. Buni 6 milliard, borib–borib 10 milliard kubga yetkazish rejalari bor. Yer tagida saqlash imkoniyati yo‘qligi uchun gazni trubada saqlab bo‘lmaydi. Biz xohlaymizmi, yo‘qmi, u gaz maʼlum bir davrda o‘zining bozorini topishi kerak. Bo‘lmasa, biz ishlab chiqarishni to‘xtatib turib, yana yoqib qo‘yishimiz lozim bo‘ladi. Qishda gazga talab keskin oshadi. Oxirgi 2–3 yilda esa yangi hodisa — yozda ham talab oshmoqda. Sababi odamlar issiqqa chidamaydi, ularning uyida 2–3 tadan konditsioner bor. Ishxonalarda konditsionerlar bo‘lishi kerak. Endi uni ham yopishimiz zarur. Shuning uchun davlat ichidagi tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoj nomutanosibligini hisobga olib import–eksport operatsiyalarini amalga oshirib turish kerak. Kerak paytda import, kerak bo‘lmagan paytda eksport qilish lozim. O‘sha eksportdan tushgan mablag‘larni ertaga talab oshgan vaqtda importga ishlatarmiz ehtimol”, — dedi kompaniya rahbari.

    Bahodir Siddiqov o‘zaro muloqotda bu yilgi qishda gaz doimgidan ko‘proq ishlab chiqarilishini aytdi. 

    “Sizlarga ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini oshirishga vaʼda berdim. Hozir “Gazli” ombori 4,5 milliard kub metr gaz sig‘imiga ega. U yerda ikkita katta kopressor qurilgan. O‘tgan yillarda qishki mavsumda kunlik 17 million kub metr gaz qazib olish imkoniyatimiz bor edi. Bu yil qishda nasib qilsa, bu miqdor 30–32 million kubometrga yetishini taʼminlaymiz. Albatta, o‘sha kopressorlar orqali. Davlatimiz rahbari xalq oldida: “bu yil qish boshqacha bo‘ladi”, deb aytdilar. Biz har bir korxona rahbari o‘zimizga qo‘ygan masʼuliyatli vazifani bajarishimiz kerak. Ishonchim komil bu yil qish boshqacha bo‘ladi”, — dedi “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi.

    Shuningdek, press–tur ishtirokchilari “Muborak” gazni qayta ishlash zavodida bo‘ldi. Zavodning 5-sonli sexida “Klaus” usulida oltingugurt ajratib oluvchi yangi, 6-sonli qurilmani ishga tushirish loyihasi amalga oshirildi. Mazkur texnologik qurilmani qurish va ishga tushirish bilan ishlab chiqarish barqarorligi taʼminlanadi.

    Press–tur doirasida yangi qurilmani foydalanishga topshirish marosimida o‘tkazildi. Tadbirda “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi Bahodirjon Siddiqov ishtirok etdi va loyihani amalga oshirishda fidoyilik ko‘rsatgan barcha xodimlarni qutladi. Zavod direktori Shermat Shamsiyevning aytishicha, 50 yildan ortiq vaqt davomida beshta qurilma ishlab kelgan va ular hozirda taʼmirga muhtoj.

    “Bugungi kungacha zaxira qurilma yo‘qligi uchun maʼnan eskirgan bo‘lsa-da, qurilmalarni ko‘p yillardan beri taʼmirlash uchun to‘xtatish imkoni bo‘lmayotgandi. Beshta qurilmani gazni yetkazib berishda qisqarish  bo‘lmasligi uchun joriy davrgacha to‘xtatmasdan ishlatdik. Isteʼmolchilarga yiliga 280 million kub metr tozalangan tabiiy gaz, 15 ming tonnadan ortiq oltingugurt, 1000 tonnaga yaqin gaz kondensatini yetkazib beriladi. Yangi loyihaning quvvati yiliga 96 million kubometr nordon gazni qayta ishlab, 54 400 tonna texnik oltingugurt ishlab chiqaradi”,  — dedi Muborak GQIZ direktori Shermat Shamsiyev.

    Tadbirda yangi qurilma barpo etilishida fidoyilik ko‘rsatgan bir guruh soha xodimlari sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shu bilan press-tur o‘z nihoyasiga yetdi.

    04.09.2023, 19:10   Izoh (0)   11963
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    SamDU filialida beton plita qulab tushgani bo‘yicha yangi tafsilotlar ochiqlandi

    04.09.2023, 18:59

    Zoir Mirzayev Jomboyda, Ulug‘bek Qosimov Qamashida, Akmaljon Mahmudaliyev esa Farg‘onada: viloyat hokimlari qaysi maktablarda tahsil olgan? 

    04.09.2023, 18:41

    O‘zbekistonda belgilangan yoshdan bir yil oldin pensiyaga chiqqan ayollar soni maʼlum qilindi

    04.09.2023, 18:26

    “Uyga arang 300 dollar yuboryapmiz”: Ukrainadagi urush Rossiyadagi o‘zbek migrantlari hayoti va ishiga qanday ta’sir qilmoqda?

    04.09.2023, 17:42

    O‘zbekistonda ayrim oilalar ko‘krak nishoni bilan taqdirlanib, pul mukofoti beriladi

    04.09.2023, 17:19

    O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi ko‘tarilishda davom etmoqda

    04.09.2023, 16:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Sistit — bu uyat emas!


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    HAMAS garovdagilarni ozod qilish uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 1 iyun, 23:35

    Rossiya Kubogi. “SSKA” superfinalda “Rostov”ni yengib, bosh sovringa ega chiqdi, Fayzullayev zaxiradan maydonga tushdi

    Sport | 1 iyun, 22:48

    Turkiyada Ukraina va Rossiya muzokaralarining 2-raundi bo‘lib o‘tadi

    Dunyo | 1 iyun, 22:45

    Futbol tarixidagi eng kuchli 10 ta futbol akademiyasi nomi e’lon qilindi

    Sport | 1 iyun, 21:47

    Isroil tanklari G‘azoda ovqat kutayotganlarga o‘t ochib, 32 kishini o‘ldirdi

    Dunyo | 1 iyun, 21:45

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 500 ta dron ishtirokidagi shou

    O‘zbekiston | 1 iyun, 21:00

    Qozog‘iston armiyaning tayyorgarligini tekshirish uchun mashqlar o‘tkazadi

    Qozog‘iston | 1 iyun, 20:40

    Mayda oylik inflyatsiya keskin oshdi. Qaysi hududlarda narxlar tez o‘smoqda?

    Iqtisodiyot | 1 iyun, 20:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.