O‘zbekistonda 2023-yilning 1-iyul holatiga boqilayotgan jami otlar soni 267,3 mingtaga yetdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Hududlar kesimida eng ko‘p otlar Toshkent viloyatida boqilmoqda — 55,4 ming bosh. Undan keyingi o‘rinlari Qashqadaryo (35,2 ming) va Jizzax viloyatlari (30,4 ming) egallagan.
Mamlakatda boqilayotgan otlarning hududlar kesimidagi soni:
- Samarqand viloyati – 27,5 ming bosh;
- Qoraqalpog‘iston R. – 27,4 ming bosh;
- Navoiy viloyati – 22,2 ming bosh;
- Sirdaryo viloyati – 16,3 ming bosh;
- Surxondaryo viloyati – 15,8 ming bosh;
- Farg‘ona viloyati – 10 ming bosh;
- Buxoro viloyati – 7,3 ming bosh;
- Andijon viloyati – 7,3 ming bosh;
- Namangan viloyati – 7 ming bosh;
- Xorazm viloyati – 5,5 ming bosh.
2022-yil oktabrda O‘zbekistonda boqilayotgan jami otlar soni 264 mingdan oshgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ma’lumot uchun, 2021-yilning yanvar oyida boqilayotgan otlar soni 254 ming boshni tashkil etgan.
Izoh (0)