“Barselona” futbolchisi Ansu Fati faoliyatini “Brayton”da davom ettiradi.
APL klubi 20 yoshli vingerni bir yilga ijaraga olganini e’lon qildi.
“Brayton” Fatining maoshining 80 foizini to‘lab beradi.
Ansu “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi kataloniyaliklar safida 2019-yildan buyon to‘p surib kelmoqda. O‘tgan mavsum La Ligada 36 ta o‘yinda ishtirok etib, 7 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgandi.
Izoh (0)