“Real” yarim himoyachisi Toni Kroos futbolchilarning Saudiya Arabistoniga ketayotganini tanqid ostiga oldi.
“Har bir inson Krishtianu Ronaldu faoliyati oxirida qilganidek, o‘zi qaror qabul qilishi lozim. Ammo faoliyatining cho‘qqisida va Yevropaning top-klublarida o‘ynash imkonini beradigan sifatlarga ega bo‘lgan futbolchilarning u yerga ketishini qabul qilishi qiyin bo‘lmoqda.
Keyin ular Saudiyada istiqbolli futbol borligini aytadi — aslida esa hamma gap pulda. Yakunda bu qaror pul foydasiga va futbolning zarariga ishlaydi. Bu biz sevgan futbolga putur yetkazadi”, — deydi Kroos.
Avvalroq, Toni “Selta” futbolchisi Gabriel Veyganing “Al-Ahli”ga o‘tishini tanqid qilgandi. Ma’lumot uchun 21 yoshli Gabrielga Yevropaning grand jamoalari, jumladan, “Barselona”, “Manchester Siti”, “PSJ”, “Napoli”, “Liverpul” va “Chelsi” kabi jamoalar qiziqish bildirgandi.
Izoh (0)