Xitoy hukumati yangi turmush qurganlarga to‘y vaqtida kelin 25 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, naqd pul to‘lashga qaror qildi. Bu chora Xitoyda so‘nggi 60 yil ichida birinchi marta aholi soni qisqarayotganidan kelib chiqib qabul qilindi.
Hozircha bu yangilik faqat Changshan okrugi (Sharqiy Xitoy) maʼmuriyati tomonidan amalga oshirilmoqda. Agar kelin 25 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, yangi turmush qurganlarga ming yuan (137 dollar) berish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Bundan tashqari, hukumat birinchi farzand uchun subsidiya to‘laydi va ota-onalarning ta’lim xarajatlarini qoplab beradi. XXR rahbariyati pul yordamida er-xotinlarni tezroq oila qurish va farzand ko‘rishga undashga harakat qilmoqda.
Xitoyda nikoh uchun erkaklar eng kami 22 yosh, ayollar esa 20 yosh bo‘lishi kerak. Biroq so‘nggi yillarda xitoylik yoshlar oila qurishga shoshilishmayapti. Ko‘pchilik xitoyliklar oila qurgandan so‘ng karyera qura olmaslikdan qo‘rqishmoqda, deb yozadi The Guardian.
Izoh (0)